top of page
Frame 2085661412.jpg

Tadbirkorlik yo‘lida
 ishonchli Hamrohingiz

Hamroh — O‘zbekistonda ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan bepul platforma bo‘lib, mentorlik, ta’lim va moliyaviy yordam orqali ularning rivojlanishiga yordam beradi.

     Biz bilan yangi

imkoniyatlar sari 

   qadam qo‘ying! 

123.png

Biz haqimizda

Tadbirkorlik yo‘lida ishonchli Hamrohingiz

Hamroh — 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan, Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faol qo‘llab-quvvatlashi ostida, ayollarga tadbirkorlikda tizimli yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. 

Biz ayollarni tadbirkorlikning barcha bosqichlarida — ilk g‘oyadan barqaror o‘sishgacha — hamroh bo‘lib qo‘llab-quvvatlaymiz.

Yo‘nalishlar

Kompaniyaning
faoliyat yo‘nalishlari

Samarali ta’lim orqali o‘sishga yo‘l oching

Biznesning muhim jihatlarini chuqur o‘rganish va kasbiy ko‘nikmalarni oshirish uchun treninglar, seminarlar va onlayn kurslar taklif etamiz. Moslashuvchan va amaliy ta’lim dasturlari orqali har bir ishtirokchi samarali natijalarga erishadi.

Rectangle 39991.png

Maslahat va mentorlik bilan ishonchli qarorlar

Tajribali mutaxassislar yordami bilan siz yuridik, moliyaviy va strategik masalalarda aniq yo‘nalish olasiz. Mentorlik va maslahatlar biznesingizni samarali rivojlantirishda muhim tayanch bo‘ladi.

Rectangle 39991-1.png

Moliyaviy yordam va yangi imkoniyatlar

Imtiyozli kreditlar, investorlar bilan aloqalar va biznesingizni kengaytirish uchun moliyaviy imkoniyatlar. HAMROH sizni barqaror o‘sishga olib boradigan moliyaviy hamkorlik bilan ta’minlaydi.

Rectangle 39991-2.avif

natijalar

Hududlardagi 
faoliyat natijalari

14

Faoliyat yuritilgan viloyatlar soni bo‘yicha qamrov

335,6

Mlrd
so‘m

Qo‘llab-quvvatlangan loyihalarga ajratilgan mablag‘ miqdori

3100+

Biznes boshlagan va amaliy yordam olgan ayollar soni

8145

Barcha hududlardan yuborilgan arizalar soni

Loyihalar

Tadbirkor Ayollar loyihalari

Chiqindilarni qayta ishlash
Samarkand viloyati
Chiqindidan imkoniyatga: barqaror biznes sari yo‘l
Kashtachilik va hunarmandchilik
Toshkent shahri
Kashtadan boshlangan tadbirkorlik hikoyasi
Oziq-ovqat mahsulotlari
Qoraqalpog‘iston
Uy oshxonasidan o‘z ishlab chiqarishigacha bo‘lgan yo‘l

Hamroh va UN Women O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladi

Barqaror kelajak sari hamkorlik: gender tengligi va iqtisodiy o‘sish yo‘lida qo‘shma qadam

20-yanvar, 2026
Hamkorlik
Korpe: “Hamroh” ko‘magida Toshkentda ko‘rpacha mahsulotlari uchun shourum ochildi

Korpe: “Hamroh” ko‘magida Toshkentda ko‘rpacha mahsulotlari uchun shourum ochildi

Korpe brendi Hamroh bilan yangi ufqlarni ochmoqda

03/05/25
Hamkorlik

Hamroh biznesda xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi

Toshkentda tadbirkor ayollar uchun “Biznes laboratoriya” bo‘lib o‘tdi

11-sentabr, 2025
Biznes laboratoriya

Sharhlar

Hamroh Yangiliklari
va Muhim e’lonlar

Mentorlar

Tadbirkorlik 
bo‘yicha Mentorlar

Businesswoman

Mariya Lebedeva

Biznes mentor

Mariya Lebedeva

Biznes mentor

Businesswoman

Umida Rasulova

Biznes mentor

Umida Rasulova

Biznes mentor

Businesswoman

Zamira Rahmanova

Tadbirkor, “TESTO by ZAMIRA” brendi asoschisi

Zamira Rahmanova

Tadbirkor, “TESTO by ZAMIRA” brendi asoschisi

Businesswoman

Laziz Hamidov

Tadbirkor, “Tasnif” agentligi asoschisi va rahbari

Laziz Hamidov

Tadbirkor, “Tasnif” agentligi asoschisi va rahbari

Businesswoman

Sherzod Egamberdiyev

Advokat, “Sher Legal” boshqaruv hamkori va asoschisi

Sherzod Egamberdiyev

Advokat, “Sher Legal” boshqaruv hamkori va asoschisi

Businesswoman

Dildora Atadjanova

Eksport mutaxassisi, “Dalatek” va “Teodora Goods” asoschisi

Dildora Atadjanova

Eksport mutaxassisi, “Dalatek” va “Teodora Goods” asoschisi

Businesswoman

Oybek Botirov

Biznes mentor

Oybek Botirov

Biznes mentor

Businesswoman

Shahnoza Saidova

Biznes mentor

Shahnoza Saidova

Biznes mentor

Hamkorlar

Tadbirkorlik yo‘lida Ishonchli hamkorlar

Sharhlar

Tadbirkor ayollar izoh va tajribalari

p0shiC16266923726953_b_edited.jpg

Dildora Sekler

Tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Go‘yo superqahramonlar jamiyatiga tushib qolgandek bo‘ldim: har bir ishtirokchining o‘ziga xos kuchi bor edi. Kimdir strateg, kimdir vizioner, yana kimdir bitta so‘z bilan ilhom berishga qodir edi.

Men uchun bu o‘quv jarayoni — bu o‘sish, harakat va ichki o‘zgarish haqida bo‘ldi. Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturiga nafaqat aqlni, balki ruhni ham rivojlantiradigan imkoniyat uchun chin dildan rahmat.

Turli, kuchli va yorqin ayollarni bir jamoadek birlashtirganingiz uchun, Umidaxon, sizga alohida minnatdorchilik bildiraman — bu allaqachon yutuqning yarmini tashkil etdi.

Yangi boshlayotgan tadbirkor sifatida men uchun ayni paytda hammasi muhim. Bu mashg‘ulotlardan ilhomlanib, biznes g‘oyalarimga yanada ravshanlik bilan qaytdim.

Screenshot 2025-09-25 at 10.59_edited.jpg

Sevara Alimuxamedova

Tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Ushbu loyiha doirasida ta’lim olish mening rivojlanish yo‘limda muhim bosqich bo‘ldi. Har bir dars, har bir uchrashuv menga ilhom, motivatsiya va yangi g‘oyalar baxsh etdi. Bu jarayonda ishtirok etish imkoniyati uchun chin dildan minnatdorman. Ishonchim komil, oldinda yanada ko‘proq anglashlar va yangi kashfiyotlar bor!
Hamroh jamoasiga ham samimiy tashakkurimni bildiraman!

Screenshot 2025-09-25 at 11.09.51.png

Gulrux Urunova

Auditor, tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Har bir mashg‘ulotda men kuchli, dono va maqsadga intiluvchi ayollar orasida bo‘lish naqadar qadrli ekanini chuqur his qildim. Dastur ishtirokchilari bilim va tajribaning chinakam xazinasi bo‘lib chiqdi. Biz shunchaki o‘qimadik — o‘zaro fikr almashdik, bir-birimizni to‘ldirdik, har bir suhbat va har bir vazifada yangi g‘oyalar hamda ilhom topdik.

Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligidagi tashabbus esa oddiy ta’lim emas. Bu — ayol tadbirkorlar uchun o‘sish, qo‘llab-quvvatlash va haqiqiy imkoniyatlar makoni bo‘ldi.

Men uchun ushbu dasturda ishtirok etish  biznesda ham, shaxsiy rivojimda ham yangi bosqich sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Bunday kuchli va ilhomlantiruvchi ta’lim uchun minnatdorchilik bildiraman.

Screenshot 2025-09-25 at 11.01.23.png

Marxamat Umarova

Dizayner, "MARU" brendi asoschisi, WESP dasturi ishtirokchisi

Har bir mashg‘ulotda ishtirokchilar bilan o‘zaro muloqot orqali ajoyib tajriba orttirdim. Har bir ayol o‘ziga xos kasb, tajriba va hayotiy yo‘lga ega bo‘lgan, juda qiziqarli shaxs. Mashg‘ulot davomida trenerlar bergan vazifalarni bajararkanmiz, bir-birimizni boyitib bordik.

Ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tashabbus va imkoniyat uchun Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturiga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Screenshot 2025-10-03 at 17.26_edited.jpg

Saodat Usmanova

Tadbirkor

Menga yoqadigan jihatlardan biri shuki, biz turli sohalarda faoliyat yuritamiz va har birimizning o‘ziga xos yo‘nalishimiz bor — bir-birimizdan yangi narsalarni o‘rganish juda qiziq. Shu bilan birga, biznes va ta’lim yo‘nalishida tajribali ekspertlarni tinglash o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Ushbu kursni tashkil qilganingiz uchun tashakkur! Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash esa yanada rivojlanishga kuchli motivatsiya va ilhom beradi.

Screenshot 2025-10-03 at 17.31.31.png

Dilorom Muxiddinova

Tadbirkor

“HAMROH” o‘quv dasturida ishtirok etish men uchun bilimlarimni tizimlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va o‘z faoliyatimga yangicha nigoh bilan qarash uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi.

Tashkilotchilar va kuratorlarga ko‘rsatgan yordami, ilhom baxsh etganlari hamda sifatli taqdimotlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu tajriba, albatta, mening loyiham rivojida o‘z aksini topadi!

Screenshot 2025-10-03 at 17.22_edited.png

Dilbar Astanova

Tadbirkor

O‘quv jarayoni menga juda yoqqan edi — men nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘ldim, balki kelajak faoliyatimda qo‘l keladigan amaliy vositalarni ham o‘rgandim. Ayniqsa, har bir ishtirokchini tinglab, o‘z fikr va maslahatlarimizni bildirish imkoniyatiga ega bo‘lganimiz juda foydali bo‘ldi. Spikerlar ham bizga allaqachon ko‘nikib qolishgan edi, shu bois barcha uchrashuvlar samimiy va qiziqarli muhitda o‘tgan. Ushbu loyihada faol ishtirok etgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Screenshot 2025-10-03 at 17.38.52.png

Irina Tursunbayeva

Tadbirkor

Shuncha yil davomida, xatolar va tajribalar orqali ishlashni o‘rgandik, nimanidir bilamiz. Ammo so‘nggi bir hafta ichida juda ko‘p yangi bilimlarga ega bo‘ldim — bu menga juda yoqdi! Ayniqsa, Bitrix bilan tanishuv alohida taassurot qoldirdi, albatta undan foydalanaman.

Ushbu kurslarni tashkil etgan barcha insonlarga katta rahmat — ta’lim olish hech qachon kech emas!

Rectangle 587-3.png

Mohira Rasulova

Mohira Sweets, Kanditerskaya

Har bir o‘zbek xonadonida bayramlarda shirinliklar tayyorlanadi, men esa bu an’anani biznesga aylantirdim. “Mohira Sweets”ni yo‘lga qo‘yishda asosiy qiyinchiliklar ruxsatnomalar va xaridor topish bilan bog‘liq edi. O‘quv kurslari orqali marketingni o‘rganib, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishni boshladim. Moliya bo‘yicha maslahatlar natijasida kredit olib, yangi uskuna xarid qildim. Bugun buyurtmalar soni keskin oshgan, hatto poytaxtdan doimiy mijozlarimiz bor. Har bir ayol orzusini ro‘yobga chiqarishi mumkin — faqat yo‘l ko‘rsatadiganlar bo‘lsa bas

Rectangle 587.png

Nilufar To‘xtayeva

Yorqin Teri, Mahalliy kosmetika

“Tadbirkorlikni boshlash men uchun juda katta qadam edi. “Yorqin Teri” ni yaratishda ko‘rsatilgan maslahatlar, treninglar va moliyaviy yordam juda asqatdi. Endi mijozlarim soni oshib bormoqda, mahsulotlarimni nafaqat shaharda, balki onlayn ham sotyapman”

Rectangle 587-1.png

Dildora Eshmurodova

Dila Street Food, Kafe

“Hamma narsa kichik aravachadan boshlandi. Mahalliy ko‘chada savdo qilishni boshlagan edim. Keyinchalik HAMROH orqali treninglarda qatnashdim, mentorlar bilan ishladim va qanday qilib biznesni rasmiylashtirish, moliyalashtirish olish mumkinligini o‘rgandim. Bugunga kelib, “Dila Street Food” o‘zining doimiy mijozlariga ega, men esa yangi joy ochishga tayyorman. Eng muhimi, o‘zimga ishonch hosil qildim va atrofimdagi boshqa ayollarga ham ilhom bo‘la oldim”

Rectangle 587-2.png

Elena Samoylova

Samoylova Atelier, Tikuvchilik

“Любила шить, но не представляла, 
как начать бизнес. Поддержка помогла 
с регистрацией и продвижением. Теперь у меня своё ателье, клиенты 
и уверенность”

Sizni tinglash
biz uchun muhim

Aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring biz siz bilan bog‘lanamiz va eng yaxshi yechimni taklif qilamiz

bottom of page