top of page

Munira Komilova

Kashtadan boshlangan tadbirkorlik hikoyasi

2025
Kashtachilik va hunarmandchilik
Toshkent shahri

Kashtadan boshlangan tadbirkorlik hikoyasi


Munira Komilova – tadbirkor, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan atelye asoschisi. Uning ustaxonasi eksklyuziv kiyimlar va nafis aksessuarlar yaratishga ixtisoslashgan bo‘lib, milliy kashtachilik, an’anaviy naqshlar hamda milliy va Yevropa uslubidagi kiyimlarni tikish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Munira uchun bu faoliyat shunchaki biznes emas  – u o‘z mehnati orqali xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash va uni zamonaviy ko‘rinishda davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.


Muniraning kashtachilikka bo‘lgan muhabbati bolaligidan boshlangan. Kunlarning birida u qarindoshlaridan eski kashta tikish mashinasini topib oladi va aynan shu voqea uning hayotida muhim burilish nuqtasiga aylanadi. U kashtachilik san’atiga qiziqib qoladi va vaqt o‘tishi bilan bu qiziqish chinakam mehrga aylanadi. Munira 12 yoshidayoq tambur kashta tikish texnikasini mukammal o‘zlashtiradi, biroq o‘sha paytlarda bu mashg‘ulot kelajakda uning hayotiy kasbiga, o‘z biznesiga aylanishini xayoliga ham keltirmagan edi.



Bugungi kunda atelyeda 6 nafar doimiy xodim faoliyat yuritmoqda, shuningdek, yana 8 nafar usta kasanachilik asosida ish olib boradi. Ustaxonada har bir mahsulot alohida e’tibor, did va mahorat bilan yaratiladi. Yaqin istiqbolda esa xodimlar sonini 100 nafarga yetkazish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu rejalar atelye faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.


Munira Hamroh kompaniyasi bilan hamkorlik tajribasini alohida qadrlaydi.

Hamroh kompaniyasi menga atelye uchun mo‘ljallangan yangi bino hujjatlarini rasmiylashtirishda katta yordam berdi. Shuningdek, Hamroh tomonidan tashkil etilgan treninglarda ishtirok etdim. Ushbu treninglar menga boshqaruv va tadbirkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirish, rivojlanish rejasini aniq belgilash, o‘zimga bo‘lgan ishonchni oshirish hamda muhim kasbiy bilimlarni egallashimda katta turtki bo‘ldi”,  – deydi Munira.


Munira o‘z bilim va tajribasini boshqalar bilan bo‘lishishdan hech qachon tortinmaydi. U ayollarga kashtachilik sirlarini, ish yuritish asoslarini mamnuniyat bilan o‘rgatadi. Bugungi kunda uning shogirdlaridan ba’zilari allaqachon o‘z atelyesini ochib, mustaqil faoliyat yuritayotganidan u chin dildan faxrlanadi.



O'xshash

Siz uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin

2025
Chiqindilarni qayta ishlash
Samarkand viloyati

Chiqindidan imkoniyatga: barqaror biznes sari yo‘l

2025
Kashtachilik va hunarmandchilik
Toshkent shahri

Kashtadan boshlangan tadbirkorlik hikoyasi

2025
Oziq-ovqat mahsulotlari
Qoraqalpog‘iston

Uy oshxonasidan o‘z ishlab chiqarishigacha bo‘lgan yo‘l

bottom of page