
Akseleratsiya
Dasturi
WESP — AYOLLAR UCHUN TADBIRKORLIK VA BIZNES KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH DASTURI
WESP (Women’s Entrepreneurship Support Programme) — ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ta’lim dasturi bo‘lib, HAMROH kompaniyasi tashabbusi bilan O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshiriladi. Dastur o‘z biznesini rivojlantirishni, yangi loyihalarni boshlash va yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishni, boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlashni, yangi bozorlarga chiqishni hamda tadbirkorlik g‘oyasini barqaror va o‘sib boruvchi biznesga aylantirishni istagan ayollar uchun ishlab chiqilgan.
WESP amaliy ta’lim, mentorlik ko‘magi, tajriba almashish va biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini birlashtiradi.
DASTUR KIMLAR UCHUN MO‘LJALLANGAN?
Dastur tadbirkorlik faoliyatining turli bosqichlarida bo‘lgan ayollar uchun mo‘ljallangan:
-
amaldagi biznesini rivojlantirayotganlar;
-
boshqaruv jarayonlarini tizimlashtirish va savdo hajmini oshirishni istaganlar;
-
biznesini kengaytirish yoki miqyosini oshirishni rejalashtirayotganlar;
-
yangi bozorlar va rivojlanish imkoniyatlarini izlayotganlar;
-
moliyaviy boshqaruv va biznesni rejalashtirish ko‘nikmalarini yaxshilashni istaganlar;
-
amaliy bilimlar hamda tajribali tadbirkorlar va ekspertlarning ko‘magiga ehtiyoj sezayotganlar.
FORMAT VA DAVOMIYLIGI
Ta’lim dasturi 8 ta moduldan iborat. O‘quv jarayoni ma’ruzalar, real biznes holatlari tahlili, guruhli ish va mentorlikni o‘z ichiga oladi:
-
5 hafta / 10 ta trening kuni — haftasiga 2 ta mashg‘ulot, har biri 6 soatdan (intensiv akseleratsion kurs);
-
har bir mashg‘ulot amaliy topshiriq va real biznes holatlari tahlili bilan mustahkamlanadi;
-
ishtirokchilarning bilim darajasi dastur boshida va yakunida test orqali baholanadi;
-
dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikat topshiriladi.
DASTUR DOIRASIDA QUYIDAGI MAVZULAR QAMRAB OLINADI:
Biznesni rejalashtirish
Biznes maqsadlarini belgilash, strategiyani ishlab chiqish va rivojlanishning aniq rejasini shakllantirish.
Moliyaviy savodxonlik
Moliyani boshqarish, biznes ko‘rsatkichlarini hisoblash, daromad va xarajatlarni rejalashtirish.
Marketing va savdo
Mijozlarni tushunish, mahsulot va xizmatlarni ilgari surish, bozor bilan ishlash va savdoni rivojlantirish.
Moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish
Moliyalashtirishni jalb qilishga tayyorgarlik ko‘rish, kredit olish hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar.
Strategik rivojlanish
O‘sish nuqtalarini aniqlash, biznes samaradorligini oshirish va uni kengaytirishga tayyorlash.
Kreditlardan foydalanish va moliyaviy qo'llab-quvvatlash
Dasturning alohida qismi kreditlash bo‘yicha moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan. Ishtirokchilar kredit nima ekanligi, uni qachon va nima maqsadda olish maqsadga muvofiqligi, O‘zbekistonda mavjud kredit turlari — mikrozaymlar, biznesni rivojlantirish uchun kreditlar, ayol tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan moliyaviy mahsulotlar bilan tanishadilar. Shuningdek, kredit olish uchun zarur hujjatlar to‘plamini tayyorlash va kredit mahsulotini tanlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni o‘rganadilar.
MENTORLIK KO‘MAGI
Bilim amaliyotda qo‘llanilgandagina yanada qimmatli bo‘ladi. Shu sababli WESP dasturi ayol tadbirkorlarga o‘z biznesining aniq vazifalari ustida tajribali mutaxassislar bilan birgalikda ishlash imkonini beruvchi mentorlik ko‘magini ham o‘z ichiga oladi.
Mentorlar ishtirokchilarga:
-
asosiy vazifalar va o‘sish nuqtalarini aniqlash;
-
biznes strategiyasini takomillashtirish;
-
yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-
moliyaviy rejalashtirishni yaxshilash;
-
biznesni rivojlantirish uchun amaliy yechimlarni topishda yordam beradi.
TADBIRKOR AYOLLAR HAMJAMIYATI
WESP — bu shunchaki ta’lim dasturi emas.
Dastur O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan ayol tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish, professional muloqot va yangi ishbilarmonlik aloqalarini shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi.
Ishtirokchilar bir-biridan o‘rganish, amaliy tajriba va yondashuvlar bilan almashish, hamkorlar topish hamda yangi professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.