top of page

Dildora Hayitboyeva

Uy oshxonasidan o‘z ishlab chiqarishigacha bo‘lgan yo‘l

2025
Oziq-ovqat mahsulotlari
Qoraqalpog‘iston

Uy oshxonasidan o‘z ishlab chiqarishigacha bo‘lgan yo‘l


Dildora Hayitboyevaning taom pishirishga bo‘lgan ishtiyoqi bolalikdan boshlangan va bugungi kunda uni biznes sari tetaklab keldi. U yoshligidan oshxonaga qiziqqan, aynan shu qiziqish esa vaqt o‘tib professional faoliyatiga aylandi.


Bugungi kunda Dildora Mang‘it shahrida joylashgan non va non mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonaga rahbarlik qilmoqda. Uning faoliyati oziq-ovqat ishlab chiqarishning bir nechta yo‘nalishini o‘z ichiga olgan barqaror mahalliy biznes sifatida shakllangan.


Tadbirkorlik yo‘lini u Xorazm nonlarini tayyorlash va sotishdan boshlagan. Aynan shu ilk qadamlar uning biznesdagi tajribasini shakllantirgan – mahsulot bilan ishlash, mijozlar bilan muloqot qilish va bozor talablarini tushunish jarayoni shu bosqichda boshlangan. Vaqt o‘tishi bilan bu kichik boshlanish to‘laqonli ishlab chiqarish faoliyatiga aylangan.



Video: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


Bugungi kunda Dildora Hayitboyeva o‘z biznesini izchil rivojlantirish ustida ishlamoqda. Bu yo‘lda unga Hamroh xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi hamrohlik qilmoqda. Hamroh bilan hamkorlik Dildoraning tadbirkorlik faoliyatini mustahkamlash, biznesini rivojlantirish va barqaror yo‘lga qo‘yishda muhim tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.


Qiyinchiliklar va yo‘qotishlarga qaramay, Dildora o‘z ishiga mas’uliyat va fidoyilik bilan yondashib, faoliyatini davom ettirmoqda. Uning hikoyasi – mehnat, sabr, qat’iyat va tizimli qo‘llab-quvvatlash orqali biznesni rivojlantirish mumkinligining amaliy namunasidir.


Bugungi kunda Dildora Hayitboyevaning tadbirkorlik yo‘li Hamroh tomonidan amalga oshirilayotgan xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasidagi real muvaffaqiyat hikoyalaridan biri sifatida namoyon bo‘lib, ayollarning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O'xshash

Siz uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin

2025
Chiqindilarni qayta ishlash
Samarkand viloyati

Chiqindidan imkoniyatga: barqaror biznes sari yo‘l

2025
Kashtachilik va hunarmandchilik
Toshkent shahri

Kashtadan boshlangan tadbirkorlik hikoyasi

2025
Oziq-ovqat mahsulotlari
Qoraqalpog‘iston

Uy oshxonasidan o‘z ishlab chiqarishigacha bo‘lgan yo‘l

bottom of page