Umida Yusupova
Tadbirkorlikdan ijtimoiy ta’sirgacha: Umida Yusupova hikoyasi

Tadbirkorlikdan ijtimoiy ta’sirgacha: Umida Yusupova hikoyasi
Umida Yusupova – ko‘p yillardan buyon turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli biznes yuritib kelayotgan tadbirkor ayol. Bugungi kunda u go‘zallik salonlari va SPA markazlariga, to‘qimachilik ishlab chiqarishiga hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarga ega.
Umida uchun biznes – bu faqat shaxsiy muvaffaqiyat emas, balki jamiyat rivojiga qo‘shilayotgan hissadir. U o‘z loyihalarini mintaqalarda amalga oshirish va tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Video: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Tadbirkorlik bilan birga Umida Profit Women klubida 15dan ortiq ayollarga ta’lim bermoqda hamda klub doirasida 400dan ortiq tadbirkorlik tashabbuslarini hamkorlik asosida qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu faoliyat ayollarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Hamroh platformasi ko‘magida klub ishtirokchilari o‘z bilim va tajribalarini rivojlantirishda davom etmoqda. Umida Yusupova kabi ayollarning yetakchiga aylanishi va boshqalarni ham oldinga intilishga ilhomlantirayotgani – bu Hamroh uchun faxr manbai hisoblanadi.
“Men o‘z loyihalarimni mintaqalarda amalga oshirib, tadbirkorlarimiz rivojiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman”, – deydi Umida Yusupova.


