top of page

Gulmira Jumayeva

Chiqindidan imkoniyatga: barqaror biznes sari yo‘l

2025
Chiqindilarni qayta ishlash
Samarkand viloyati

Chiqindidan imkoniyatga: barqaror biznes sari yo‘l


Ba’zilar uchun keraksiz chiqindi bo‘lib ko‘ringan narsalar boshqalar uchun imkoniyatga aylanadi. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi Gulmira Jumayevaning hikoyasi aynan shu haqida. Gulmira Jumayeva tashqi tomondan qaraganda sokin, mehnatkash, ko‘pchilikka o‘xshagan oddiy ayoldek ko‘rinadi. Ammo bu suratning ortida ayollar tadbirkorligi bilan kamdan-kam bog‘lanadigan sohada yillar davomida to‘plangan tajriba va mashaqqatli mehnat bor.


Gulmira Jumayeva ikkilamchi homashyoni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. U metall, plastmassa va rezinani yig‘adi va saralaydi hamda odatda chiqindi sifatida tashlab yuboriladigan materiallarni foydali resursga aylantiradi. Gulmira uchun qayta ishlash nafaqat biznes yo‘nalishi, balki atrof-muhitni toza saqlashga qo‘shilgan muhim hissadir.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


Bir necha yil avval Gulmira ikki korxona – «Samad Mega metall» MChJ va «Mansurbek Qo‘rg‘on» MChJni tashkil etdi. Faoliyatining ilk bosqichida ishlab chiqarish hajmi kichik bo‘lib, jamoa qariyb 30 nafar xodimdan iborat edi. Shunga qaramay, u qayta ishlash sohasi rivojlanishiga va jamiyatga foyda keltirishiga ishonar edi.


Uning faoliyatidagi eng muhim burilish nuqtasi Hamroh dasturida ishtirok etishi bo‘ldi. 2025-yilda Gulmira ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan imtiyozli kredit oldi. Ushbu mablag‘lar evaziga yangi uskunalar xarid qilindi, qayta ishlash hajmi kengaytirildi va yangi ish o‘rinlari yaratildi.


Gulmiraning o‘zi bu haqida shunday deydi:


«Ishni boshlaganimda ko‘pchilik ayol kishi bunday ishlab chiqarishni boshqara olishiga ishonmagan edi. Bugun esa bizda butun bir jamoa faoliyat yuritmoqda va odamlar hamda ekologiya uchun foydali ish qilayotganimizdan faxrlanamiz».


Bugungi kunda uning korxonalarida 50 nafardan ortiq xodim ishlaydi. Yillik aylanma mablag‘ 2 milliard so‘mga yetdi, ishlab chiqarish quvvatlari esa deyarli ikki barobar oshdi. Ayniqsa, hozirda bu yerda nafaqat metall, balki plastmassa va rezina ham qayta ishlanayotgani muhim ahamiyatga ega. Ushbu materiallardan mahalliy zavodlar tomonidan talab yuqori bo‘lgan granulalar ishlab chiqarilmoqda.


Gulmira Jumayevaning faoliyati ikkilamchi xomashyoning qanday qilib foydali resursga aylanishi, kichik ishlab chiqarish esa barqaror, ish o‘rinlari yaratadigan korxonaga aylanishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatadi.


Biroq u erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmoqchi emas. Yaqin rejalari orasida yangi saralash liniyasini ishga tushirish va qo‘shni tumanlarda qabul punktlarini ochish bor. Bu esa biznesning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishini anglatadi.


Gulmira Jumayevaning hikoyasi – bu faqat ishlab chiqarish va raqamlar haqida emas. Bu liderlik, qat’iyat va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash tufayli ochiladigan imkoniyatlar haqida. Hamroh kompaniyasi uning barqaror o‘sishiga ko‘maklashdi, uning muvaffaqiyati bilan birga esa atrofdagi ijobiy o‘zgarishlar ham kengayib bormoqda.


«Hamroh ko‘magida ishlab chiqarishni kengaytirib, biznesimni mustahkamlashga erishdim. Endi ishonchim komil: ayol kishi ham o‘ziga ishonsa va qat’iyat bilan mehnat qilsa, bunday sohani bemalol boshqara oladi» – deydi Gulmira Jumayeva.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi

O'xshash

Siz uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin

2025
Chiqindilarni qayta ishlash
Samarkand viloyati

Chiqindidan imkoniyatga: barqaror biznes sari yo‘l

2025
Kashtachilik va hunarmandchilik
Toshkent shahri

Kashtadan boshlangan tadbirkorlik hikoyasi

2025
Oziq-ovqat mahsulotlari
Qoraqalpog‘iston

Uy oshxonasidan o‘z ishlab chiqarishigacha bo‘lgan yo‘l

bottom of page