HAMROH FEST: grantlar, mentorlik va yangi imkoniyatlar
Ayollar biznesini rivojlantirish yo‘lida: HAMROH FEST’dan lavhalar


Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
HAMROH FEST doirasida bo‘lib o‘tgan The Coca-Cola Foundation grantlarini topshirish marosimi va mentorlik sessiyalaridan lavhalarni ulashamiz.
250 dan ortiq arizalar orasidan saralab olingan 20 nafar tadbirkor ayol o‘z biznesini rivojlantirish uchun 5 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan grant ko‘magini asbob-uskunalar va zarur jihozlar ko‘rinishida oldi.
Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Marosimdan so‘ng ishtirokchilar brending, savdo, mijozlarni saqlab qolish va biznesning moliyaviy barqarorligi bo‘yicha amaliy mentorlik sessiyalarida qatnashdilar.
Biz uchun bunday ko‘mak ayollarga nafaqat o‘z biznesini rivojlantirish, balki o‘ziga va o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga yordam berishi muhim.
















