top of page
August 27, 2026

Chiroqchida yangi HAMROH markazi ish boshladi

Hududlardagi ayollar uchun yangi imkoniyatlar: HAMROH Chiroqchida


Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


HAMROH markazining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ochilishi tadbirkor ayollar, mentorlar, hamkorlar va HAMROH jamoasini bir davrada jamlagan iliq uchrashuvga aylandi. Yangi markaz — hududdagi xotin-qizlar uchun o‘z biznesini rivojlantirish, yangi bilim va ko‘nikmalar olish, tajribali mentorlar bilan maslahatlashish hamda tadbirkorlik yo‘lida zarur ko‘makka ega bo‘lish imkonini beradigan yangi maydon.


Endilikda Chiroqchi va unga yaqin hududlarda yashovchi ayollar biznesni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bilim, maslahat va amaliy ko‘makni uzoq masofaga borishga hojat qoldirmagan holda, o‘zlariga yaqin hududda olishlari mumkin.


Markaz doirasida tadbirkor ayollar uchun ta’lim dasturlari, mentorlik uchrashuvlari va biznesni rivojlantirishga qaratilgan turli imkoniyatlar taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bu esa ayollarga o‘z g‘oyalarini rivojlantirish, mavjud bizneslarini yangi bosqichga olib chiqish va yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun qo‘shimcha turtki beradi.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


HAMROH uchun imkoniyatlarni faqat yirik shaharlarda emas, balki mamlakatimizning chekka hududlarida ham yashayotgan tadbirkor ayollarga yaqinlashtirish alohida ahamiyatga ega.

Chiroqchidagi markazning ochilishi — ayollar tadbirkorligini hududlarda rivojlantirish, ularning bilim va imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam.

1040.avif

We are ready to listen to you

Please leave your contact details, and we will get in touch with you and offer the best solution!

bottom of page