
Biz bilan yangi
imkoniyatlar sari
qadam qo‘ying!

Biz haqimizda
Tadbirkorlik yo‘lida ishonchli Hamrohingiz
Hamroh — 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan ayollarga tadbirkorlikda tizimli yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.
Biz ayollarni tadbirkorlikning barcha bosqichlarida — ilk g‘oyadan barqaror o‘sishgacha — hamroh bo‘lib qo‘llab-quvvatlaymiz.
Yo‘nalishlar
Kompaniyaning
faoliyat yo‘nalishlari
Samarali ta’lim orqali o‘sishga yo‘l oching
Biznesning muhim jihatlarini chuqur o‘rganish va kasbiy ko‘nikmalarni oshirish uchun treninglar, seminarlar va onlayn kurslar taklif etamiz. Moslashuvchan va amaliy ta’lim dasturlari orqali har bir ishtirokchi samarali natijalarga erishadi.

Maslahat va mentorlik bilan ishonchli qarorlar
Tajribali mutaxassislar yordami bilan siz yuridik, moliyaviy va strategik masalalarda aniq yo‘nalish olasiz. Mentorlik va maslahatlar biznesingizni samarali rivojlantirishda muhim tayanch bo‘ladi.


HAMROH va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududlarda tadbirkor ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqda
HAMROH va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududlarda ayol tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda

Gulsanam Rashidova
Iqtisodchi, shaxsiy moliya bo‘yicha maslahatchi
Toshkent shahar
Gulsanam Rashidova
Iqtisodchi, shaxsiy moliya bo‘yicha maslahatchi
Toshkent shahar
20 yildan ortiq shaxsiy moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘qitish va maslahat berish tajribasiga ega. Moliyaviy savodxonlik, kreditlash, biznes-rejalashtirish mavzularida treninglar o‘tkazgan, jumladan NNT “Sabr” loyihalarida faol ishtirok etgan.

Oybek Botirov
Strongman Consulting LLC konsalting agentligi Bosh direktori
Toshkent shahar
Oybek Botirov
Strongman Consulting LLC konsalting agentligi Bosh direktori
Toshkent shahar
Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari doirasida moliya, savdo va yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha biznes-trener. UNDP va KPMG uchun “Ayol tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik” kabi loyihalarni amalgan oshirgan.

Barno Salimova
Iqtisod fanlar nomzodi, sertifikatlangan psixolog
To‘g‘ri ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi biznes rahbari
Toshkent shahar
Barno Salimova
Iqtisod fanlar nomzodi, sertifikatlangan psixolog
To‘g‘ri ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi biznes rahbari
Toshkent shahar
Toshkent shahridagi City Mall va boshqa bir qator savdo markazlaridagi obyektlar, shuningdek Moskva va Dubaydagi loyihalar, ko‘chmas mulk obyektlari hamda davlat miqyosidagi strategik obyektlarda jamoat joylari dizayneri sifatida o‘z faoliyatini olib borgan.

Gulchehra Berdiyeva
“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi
Gulchehra Berdiyeva
“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi
20 ga yaqin xalqaro sertifikatlar sohibasi. Ko‘plab xalqaro loyihalarda koordinator va trener sifatida ishtirok etgan. “G‘oyadan biznes rejagacha”, “Farovonlik sari”, Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya kabi Germaniya hamkorligidagi loyihalarda qatnashgan.

Zoir Ibragimov
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”ning Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi
Zoir Ibragimov
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”ning Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”ni tamomlagan. 2020-yildan boshlab biznes yo‘nalishida sertifikatlangan trener sifatida davlat va xalqaro dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Zulfiya Mamadaliyeva
Biznes maslahatchisi, Texnik fanlar nomzodi (PhD)
Toshkent shahar
Zulfiya Mamadaliyeva
Biznes maslahatchisi, Texnik fanlar nomzodi (PhD)
Toshkent shahar
UNDP, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar loyihalarida loyiha menejeri, tahlilchi va maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan. Energiya samaradorligi, biogaz texnologiyalari va barqaror rivojlanish bo‘yicha ko‘plab treninglar va tadqiqotlarni amalga oshirgan.

Farxad Djabbarov
Sherikkon Consulting kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori
Toshkent shahar
Farxad Djabbarov
Sherikkon Consulting kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori
Toshkent shahar
O‘zbekistonda kichik va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro loyihalarni boshqarish va konsalting xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. UNDP, USAID, KOICA, EBRD, GIZ va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan ko‘plab loyihalarda ekspert va trener sifatida ishtirok etgan.

Rashida Masharipova
“Interbilim” markazi asoschisi va rahbari
Xorazm viloyati
Rashida Masharipova
“Interbilim” markazi asoschisi va rahbari
Xorazm viloyati
Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston va Angliya kabi davlatlarda ayollar tadbirkorligi, jumladan ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tajriba orttirgan.
Sharhlar
Tadbirkor ayollar izoh va tajribalari
Gulnar Akilbekova
"Akilbekova Gulnar" fermer xo'jaligi rahbari

Men HAMROH kompaniyasining akseleratsiya dasturi, mentorlik va trenerlik faoliyatida qatnashish orqali katta tajriba orttirdim. Kelgusida men HAMROH kompaniyasi va BMTTD bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlikni davom ettirishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Xususan – xotin-qizlar va yosh tadbirkorlar uchun seminar va treninglar o‘tkazish, yangi boshlayotgan tadbirkorlarga mentorlik yordamini ko‘rsatish, HAMROH va BMTTD dasturlari bilan integratsiyani yo‘lga qo‘yish.
Mamura Asrorova
"SHOMAXMUDOVA INKLYUZIV" MCHJ

O‘zini namoyon etish va rivojlantirish rejalari bor, ammo nimadan boshlashni bilmayotgan ayollar uchun bu juda yaxshi imkoniyat. Ta’lim jarayoni puxta tashkil etilgan. Trenerlar va mutaxassislar turli darajadagi bilim va salohiyatga ega ishtirokchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tanlangan. Imkoniyat bo‘lsa, yana bir bor ushbu ta’lim dasturida qatnashib, marketing sohasidagi bilimlarimni yanada kengaytirishni istardim. HAMROH kredit liniyasidan foydalanish imkoniyatiga ham ega bo‘lishga umid qilaman. Biz uchun qilayotgan barcha ishlaringiz uchun katta rahmat!
Gulnoz Norova
"HUMAYRO" atelye rahbari

Ayollar uchun imkoniyatlar eshigini ochib beruvchi loyiha. Shaxsan Men bu loyihada o'qib, juda ko'p bilimlarga ega bo'ldim. Tadbirkorlik sohasidagi ko'pgina tushunchalarga ega bo'ldim. Hamroh grantiga ega bo'lsam, seximni kengaytirish, ishchi o'rinlarini ko'paytirishni maqsad qilganman!
Salomat Vaxabova
Marxabo Surxon xususiy korxonasi asoschisi

Hamroh dasturi biz tadbirkor ayollarni har taraflama qo‘llab-quvvatlab ruhlantirmoqda, bilimlarimizni oshirishda va mustahkamlashda juda katta yordam bermoqda. Hamrohning nafasi bizning bir chekka hududimizga ham yetib kelgan. So‘zimni qisqartirib shuni aytmoqchimanki, Hamroh dasturi O‘zbekiston tadbirkor ayollarining chin do‘stiga aylanmoqda. Hamroh dasturiga sodiqmiz va doimo ishlariga omad tilaymiz!
Patilya Azizova
Tadbirkor

HAMROH - o‘z nomiga munosib ravishda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlayotgan, ularga bilim va ko‘nikmalar berib, o‘z bizneslari ustida ishlashni, yangi strategik g‘oyalarni ishlab chiqishni va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishni o‘rgatayotgan kompaniya. Ushbu kompaniyada faoliyat yuritayotgan barcha ustozlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!
Nargiza ShaTmurotova
Tadbirkor

HAMROH treninglarida tahsil olish davomida biznes haqida ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘ldim. HAMROH bizga biznes sohasida bilim olish, haqiqiy tadbirkor bo‘lish, o‘z biznesimizni yo‘lga qo‘yish va uni yanada rivojlantirishda yordam berayotganidan juda xursandman.
Esaxanova Jamila
Tadbirkor

Assalomu alaykum! Men HAMROH loyihasi bilan tanishib chiqdim. Juda qiziqarli va foydali loyiha ekan. Ayniqsa, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar menga juda yoqdi. Hozirgi faoliyatimga qo‘shimcha ravishda chorvachilikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganman va kelajakda ushbu sohani yanada rivojlantirishni istayman. Shu sababli, bunday loyihalar biz kabi tadbirkorlar uchun katta yordam va yangi imkoniyatlar manbai, deb hisoblayman. Loyihani tashkil etgan barchaga katta rahmat! Kelgusida ham shunday foydali dasturlar davom etishini tilayman.
Madina Abdullayeva
Zamin Yulduzchalari maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari

Dastur juda ham hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan va boshlamoqchi bo‘lgan ayollar uchun foydali. Men o‘z ish faoliyatimni endi o‘rgangan rejalarim asosida davom ettirmoqdaman. Olgan bilimlarimning natijasi shu 4 oy ichida sezildi.
Elena Samoylova
Samoylova Atelier, Tikuvchilik

Tikishni yaxshi ko‘rardim, ammo biznesni qanday boshlashni bilmasdim. Ko‘rsatilgan yordam tufayli biznesimni ro‘yxatdan o‘tkazdim va uni rivojlantirishni boshladim. Endi esa o‘z atelyem, mijozlarim va o‘zimga bo‘lgan ishonchim bor.
Dildora Eshmurodova
Dila Street Food, Kafe

Hamma narsa kichik aravachadan boshlandi. Mahalliy ko‘chada savdo qilishni boshlagan edim. Keyinchalik HAMROH orqali treninglarda qatnashdim, mentorlar bilan ishladim va qanday qilib biznesni rasmiylashtirish, moliyalashtirish olish mumkinligini o‘rgandim. Bugunga kelib, “Dila Street Food” o‘zining doimiy mijozlariga ega, men esa yangi joy ochishga tayyorman. Eng muhimi, o‘zimga ishonch hosil qildim va atrofimdagi boshqa ayollarga ham ilhom bo‘la oldim.
Mohira Rasulova
Mohira Sweets, Konditerskaya

Har bir o‘zbek xonadonida bayramlarda shirinliklar tayyorlanadi, men esa bu an’anani biznesga aylantirdim. “Mohira Sweets”ni yo‘lga qo‘yishda asosiy qiyinchiliklar ruxsatnomalar va xaridor topish bilan bog‘liq edi. O‘quv kurslari orqali marketingni o‘rganib, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishni boshladim. Moliya bo‘yicha maslahatlar natijasida kredit olib, yangi uskuna xarid qildim. Bugun buyurtmalar soni keskin oshgan, hatto poytaxtdan doimiy mijozlarimiz bor. Har bir ayol orzusini ro‘yobga chiqarishi mumkin — faqat yo‘l ko‘rsatadiganlar bo‘lsa bas.
Nilufar To‘xtayeva
Yorqin Teri, Mahalliy kosmetika

Tadbirkorlikni boshlash men uchun juda katta qadam edi. “Yorqin Teri” ni yaratishda ko‘rsatilgan maslahatlar, treninglar va moliyaviy yordam juda asqotdi. Endi mijozlarim soni oshib bormoqda, mahsulotlarimni nafaqat shaharda, balki onlayn ham sotilmoqda.
Yulduz Abdullayeva
YouTour kompaniyasi asoschisi

Hamroh tufayli bilimli li va tajribali ustozlar tomonidan puxta bilim oldim. Darslar davomida biznes tahlillarining olib bordik. Ushbu dastur tanishuv va tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatini berdi! Individual yondashuv va mavzular bo‘yicha xulosalar chiqardik.
Matluba Ko'klamova
"Hakim Alixan" MCHJ

Hamroh dasturi dars jarayonida qatnashganimda,sohamiz bõyicha juda kõp yangi loyiha va dasturlarni õrgandik. Biznes reja tuzish,tadbirkorlikni rivojlantirish,tadbirkorlikda yaxshi natijalarga erishish mazmunidagi fikrlar tadbirkorligimizni rivojlantirish uchun yaxshi natijalar berishini õrgandik. Tadbirkorlikni boshlashda avvalambor joyni tanlab bilish,tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mijozlarni kõpaytirish. Dastur doirasida ayniqsa xotin-qizlarni kasb hunarga õrgatib,õqitib bandliklarni ta'minlash,oilalarga daromad olib kelishlari uchun bilim va tadbirkorlikni rivojlantirishlari uchun Hamroh dasturida juda kõp mazmunli foydali darslarimiz natija berdi.
Dilrabo Mahmudova
EcoFood by Makhmudova asoschisi

HAMROH tashkiloti tadbirkor ayollar uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratib, bilim olish eshiklarini ochmoqda. Hozirgi kunda bunday tashkilot juda zarur va foydali. HAMROH men uchun juda qadrli tashkilot!
Xushvaqt Jurayeva
Tadbirkor

Ushbu dastur hayotimda unutilmas iz qoldirdi. 2026-yil fevral oyida 55 million so‘m grant yutib oldim. Bu dastur biz, tadbirkor ayollar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Dastur tashkilotchilariga bizga shunday imkoniyat yaratib berganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!
Gulrux Abdujabbarova
Tadbirkor

HAMROH kompaniyasi yurtimizda ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan yetakchi kompaniyalardan biridir. Biznes bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirib, tadbirkorlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Biz tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishda ko‘maklashamiz hamda tajribali mentorlar bilan bog‘lab, ulardan amaliy yordam olish uchun mustahkam poydevor yaratamiz.
Salomat Vaxabova
Tadbirkor

Hamroh dasturi biz tadbirkor ayollarni har taraflama qo‘llab-quvvatlab ruhlantirmoqda, bilimlarimizni oshirishda va mustahkamlashda juda katta yordam bermoqda. Hamrohning nafasi bizning bir chekka hududimizga ham yetib kelgan. So‘zimni qisqartirib shuni aytmoqchimanki, Hamroh dasturi O‘zbekiston tadbirkor ayollarining chin do‘stiga aylanmoqda. Hamroh dasturiga sodiqmiz va doimo ishlariga omad tilaymiz!
Munisa Inamova
Tadbirkor

Bu dasturda men o‘z biznesimni yaxshi rivojlantirishim uchun kerakli bilimlarni oldim, bundan tashqari bu dastur ayol tadbirkorlarimizni moliyaviy tomondan ham qo‘llab-quvvatlaydi, korxonalarimizga kerakli bo‘lgan dastgohlar olishimizda yordam beradi, ayollarimizni har taraflama rivojlanishiga hissa qo‘shadi – soliq, moliya, buxgalteriya bilimlarini ham oshirib beradi, turli xildagi korxona egalari bilan netvorkinglar tashkil qilinadi. Bu dasturda o‘qiganimdan juda hursandman!
Irodaxon Nasridinova
Tadbirkor

Men Hamroh dasturida biznes-ko‘nikmalarimni rivojlantirdim va Hamroh loyihasi bo‘yicha kredit oldim va hozirda o‘z biznesimni rivojlantirmoqdaman. Bundan tashqari, dastur davomida juda ko‘p tadbirkor ayollar bilan uchrashib o‘z malakamni oshirdim – Istanbulda o‘tkazilgan ko‘rgazmada ham ishtirok etib, yangi hamkorlar bilan uchrashib shartnomalar imzolashga erishdim.
Muattar Navruzova
Rayxon Tikuvchilik maktabi asoschisi

Hamroh dasturi – meni marralar sari yetaklagan eng chiroyli dastur! Dasturda o‘qidim, grant oldim. Dastur tadbirkorligimni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Rahmat!
Malohat Xasanova
Sanjar Surxon MCHJ

Bu Dastur yaxshi ishlangan. Tadbirkorlik bilimlarini chuqur oʻrgatadi. Grantlar e'lon qilinishi, imtiyozli kreditlar berilishi, Oʻzbekiston tadbirkor ayyollarini rivojlanishiga hamda bir-birimiz bilan fikr almashishimizga imkon yaratib berdi.
Xomidova Nodira
Nodirabegim brendi asoschisi

Hamroh o‘quv dasturida o‘qiganimdan mamnunman. Tashkil qilingan bepul o‘quv kurslari, grant tanlovlari – buni barchasi bizga ko‘pdan ko‘p yordam bo‘lyapti! Biz ayol tadbirkorlarni bepul qo‘llab-quvvatlaydigan yagona kompaniya – Hamroh kompaniyasi bilan shartnoma imzoladim va loyihada ishtirok etdim. O‘quv kurslaridan va ustozlardan mamnunman!
Maftuna Abdullayeva
Mohinur Atelye asoschisi

Hamroh dasturidan juda ham ko‘nglim to‘ldi. Uyda o‘tirgan, endi biznes boshlagan yoki mavjud biznesini keyingi bosqichga o‘tkazmoqchi bo‘lgan ayollar uchun eng yaxshi loyiha.
Marxamat Umarova
Dizayner, "MARU" brendi asoschisi, WESP dasturi ishtirokchisi

Har bir mashg‘ulotda ishtirokchilar bilan o‘zaro muloqot orqali ajoyib tajriba orttirdim. Har bir ayol o‘ziga xos kasb, tajriba va hayotiy yo‘lga ega bo‘lgan, juda qiziqarli shaxs. Mashg‘ulot davomida trenerlar bergan vazifalarni bajararkanmiz, bir-birimizni boyitib bordik.
Ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tashabbus va imkoniyat uchun Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturiga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Gulrux Urunova
Auditor, tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Har bir mashg‘ulotda men kuchli, dono va maqsadga intiluvchi ayollar orasida bo‘lish naqadar qadrli ekanini chuqur his qildim. Dastur ishtirokchilari bilim va tajribaning chinakam xazinasi bo‘lib chiqdi. Biz shunchaki o‘qimadik — o‘zaro fikr almashdik, bir-birimizni to‘ldirdik, har bir suhbat va har bir vazifada yangi g‘oyalar hamda ilhom topdik.
Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligidagi tashabbus esa oddiy ta’lim emas. Bu — ayol tadbirkorlar uchun o‘sish, qo‘llab-quvvatlash va haqiqiy imkoniyatlar makoni bo‘ldi.
Men uchun ushbu dasturda ishtirok etish biznesda ham, shaxsiy rivojimda ham yangi bosqich sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Bunday kuchli va ilhomlantiruvchi ta’lim uchun minnatdorchilik bildiraman.
Dildora Sekler
Tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Go‘yo superqahramonlar jamiyatiga tushib qolgandek bo‘ldim: har bir ishtirokchining o‘ziga xos kuchi bor edi. Kimdir strateg, kimdir vizioner, yana kimdir bitta so‘z bilan ilhom berishga qodir edi.
Men uchun bu o‘quv jarayoni — bu o‘sish, harakat va ichki o‘zgarish haqida bo‘ldi. Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturiga nafaqat aqlni, balki ruhni ham rivojlantiradigan imkoniyat uchun chin dildan rahmat.
Turli, kuchli va yorqin ayollarni bir jamoadek birlashtirganingiz uchun, Umidaxon, sizga alohida minnatdorchilik bildiraman — bu allaqachon yutuqning yarmini tashkil etdi.
Yangi boshlayotgan tadbirkor sifatida men uchun ayni paytda hammasi muhim. Bu mashg‘ulotlardan ilhomlanib, biznes g‘oyalarimga yanada ravshanlik bilan qaytdim.
Sevara Alimuxamedova
Tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Ushbu loyiha doirasida ta’lim olish mening rivojlanish yo‘limda muhim bosqich bo‘ldi. Har bir dars, har bir uchrashuv menga ilhom, motivatsiya va yangi g‘oyalar baxsh etdi. Bu jarayonda ishtirok etish imkoniyati uchun chin dildan minnatdorman. Ishonchim komil, oldinda yanada ko‘proq anglashlar va yangi kashfiyotlar bor!
Hamroh jamoasiga ham samimiy tashakkurimni bildiraman!
Irina Tursunbayeva
Tadbirkor

Shuncha yil davomida, xatolar va tajribalar orqali ishlashni o‘rgandik, nimanidir bilamiz. Ammo so‘nggi bir hafta ichida juda ko‘p yangi bilimlarga ega bo‘ldim — bu menga juda yoqdi! Ayniqsa, Bitrix bilan tanishuv alohida taassurot qoldirdi, albatta undan foydalanaman.
Ushbu kurslarni tashkil etgan barcha insonlarga katta rahmat — ta’lim olish hech qachon kech emas!
Dilbar Astanova
Tadbirkor

O‘quv jarayoni menga juda yoqqan edi — men nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘ldim, balki kelajak faoliyatimda qo‘l keladigan amaliy vositalarni ham o‘rgandim. Ayniqsa, har bir ishtirokchini tinglab, o‘z fikr va maslahatlarimizni bildirish imkoniyatiga ega bo‘lganimiz juda foydali bo‘ldi. Spikerlar ham bizga allaqachon ko‘nikib qolishgan edi, shu bois barcha uchrashuvlar samimiy va qiziqarli muhitda o‘tgan. Ushbu loyihada faol ishtirok etgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Saodat Usmanova
Tadbirkor

Menga yoqadigan jihatlardan biri shuki, biz turli sohalarda faoliyat yuritamiz va har birimizning o‘ziga xos yo‘nalishimiz bor — bir-birimizdan yangi narsalarni o‘rganish juda qiziq. Shu bilan birga, biznes va ta’lim yo‘nalishida tajribali ekspertlarni tinglash o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga yordam beradi.
Ushbu kursni tashkil qilganingiz uchun tashakkur! Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash esa yanada rivojlanishga kuchli motivatsiya va ilhom beradi.
Dilorom Muxiddinova
Tadbirkor

“HAMROH” o‘quv dasturida ishtirok etish men uchun bilimlarimni tizimlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va o‘z faoliyatimga yangicha nigoh bilan qarash uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi.
Tashkilotchilar va kuratorlarga ko‘rsatgan yordami, ilhom baxsh etganlari hamda sifatli taqdimotlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu tajriba, albatta, mening loyiham rivojida o‘z aksini topadi!
Ruzanna Yeremyan
Tadbirkor

"HAMROH" jamoasiga!
Nukus shahridagi "SMARTY-STUDIO" bolalar ta'lim markazi nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizlarga ko‘rsatgan beqiyos yordamingiz, doimiy qo‘llab-quvvatlovingiz va yuksak professionalligingiz uchun samimiy hamda chuqur minnatdorligimni bildiraman. Sizlarning faol ko‘magingiz, malakali maslahatlaringiz va amaliy yordamingiz tufayli biz barcha zarur bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlab, shahar obodonlashtirish boshqarmasi bilan yer uchastkasini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldik. Bu bizning ta'lim markazimiz rivoji yo‘lida juda muhim va katta qadam bo‘ldi. Sizlarning jamoangiz bizga nafaqat huquqiy va ma'muriy jarayonlarda yaqindan yordam berdi, balki kelajak avlodning ta'lim olishi va barkamol voyaga yetishiga ham munosib hissa qo‘shdi. "HAMROH" kompaniyasiga, hurmatli Dilfuza Nurmatovaga hamda jamoangizning har bir a'zosiga mustahkam sog‘liq, cheksiz g‘ayrat, farovonlik va ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Chuqur hurmat va samimiy minnatdorlik bilan, "SMARTY-STUDIO" ta'lim markazi direktori.
Sevara Umarova
Tadbirkor

Hammaga Assalomu alaykum!
Hurmatli "Hamroh" va "Alpha" jamoasi!
Sizlarga o‘z minnatdorchiligimni chuqur bildirmoqchiman. O‘tkazilgan o‘qishlar haqiqatdan ham yuqori darajada tashkil etilgan edi. Spikerlar va o‘qituvchilar o‘zlarini ayamagan holda, bor bilimlarini berib, har bir darsni qiziqarli va foydali qilib o‘tkazishdi. Bu ularning mehnati va ishga bo‘lgan fidoyiligida yaqqol sezilib turardi. Eng ajablanarlisi — band bo‘lishimizga qaramay, deyarli har bir darsga barchamiz to‘liq tarkibda kelardik. Bu o‘zi ham dastur qanchalik qiziqarli va foydali bo‘lganini ko‘rsatadi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Hamroh" tufayli biz ko‘p narsalarni o‘rgandik, dunyoqarashimiz kengaydi. Shuncha yaxshi imkoniyat yaratganingiz uchun chin dildan rahmat!
Xurshida Jurakulova
Tadbirkor, PureFood

Ushbu dastur biz kabi tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur loyiha orqali tadbirkorlikning muhim va nozik jihatlaridan xabardor bo‘ldim, ilg‘or tadbirkor ayollardan hamda ma’ruzachilardan juda ko‘p kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!
Aziza Hamroyeva
Tadbirkor

Assalomu aleykum! Ushbu loyihani va o‘quv kursini tashkil qilgan barcha tashkilotlarga, trener-spikerlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman! Biznesimiz uchun judaham manfaatli, kerakli bilim va texnikalarni o‘rgandik! Networking ham juda zo‘r bo‘ldi! Kuchli ayollar jamoasini birlashtirib qo‘llab quvvatlaganila uchun KATTAKON RAHMAT!
Yana shunaqa o‘quv kurslari, tadbirlar tashkil qilinsa judaham xursand bo‘lar edik!
Hammasi uchun rahmat!



















































