HAMROH xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Malayziya va Yaponiya tajribasi: tadbirkor ayollar uchun yangi imkoniyatlar


Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
«Enhancing Financial Literacy among Women in Uzbekistan» loyihasi doirasida JICA, JICA Malaysia, shuningdek, SIRIM Academy va SIRIM Berhad ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif doirasida delegatsiya dasturlarimiz bitiruvchilari va grant sohibalarining korxonalarida ham bo‘lib, ularning biznes faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda qo‘llab-quvvatlash dasturlarida ishtirok etgandan keyingi rivojlanish hikoyalarini tingladi.
Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Shuningdek, SIRIM Academy bilan ISO xalqaro sertifikatsiyasi bo‘yicha ta’lim, tajriba almashish va tadbirkor ayollarning Malayziyaga ishchi tashriflarini tashkil etish yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Biz uchun bu — xotin-qizlarning rivojlanishi va yangi bozorlarga chiqishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam.










