top of page
12-oktabr, 2026

HAMROH mentorlik yo‘nalishini rivojlantirishda davom etmoqda

Tadbirkor ayollar uchun bilim, tajriba va mentorlik ko‘magi

HAMROH mentorlik yo‘nalishini rivojlantirish va biznesni rivojlantirishning turli bosqichlarida tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda davom etmoqda.


BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda yangi mentorlar uchun uch kunlik akseleratsion trening tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilar real biznes keyslar ustida ishladilar, muloqot qilish, maqsadlarni belgilash hamda tadbirkor ayollarni mentorlik asosida qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.


Bugungi kunda HAMROH mentorlik yo‘nalishi 420 nafar ishtirokchini birlashtiradi. Ularning aksariyati o‘zlari ham tadbirkor ayollar bo‘lib, nafaqat bilim va ko‘nikmalarini, balki shaxsiy amaliy tajribalarini ham boshqalar bilan baham ko‘rishlari mumkin.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


Bunday yondashuv tadbirkor ayollarga kerakli ko‘mak olish, biznes bilan bog‘liq aniq vazifalar va muammolarni tahlil qilish hamda biznesni rivojlantirish yo‘lidagi keyingi qadamlarni yanada ishonch bilan belgilash imkonini beradi.


WESP dasturi HAMROH tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshiriladi.

1040.avif

Biz sizni eshitishga tayyormiz

Aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring biz siz bilan bog‘lanamiz va eng yaxshi yechimni taklif qilamiz!

bottom of page