top of page
20-oktabr, 2026

HAMROH dasturlari ishtirokchisi Umida Yusupova biznesining yangi filialini ochdi

Biznesini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam

Tadbirkorimiz Umida Yusupova o‘z biznesini rivojlantirish va yanada kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim qadamni tashladi. Uning go‘zallik salonining yangi filiali ish boshladi.


Umidaning bugungi yutug‘i izchil rivojlanish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining davomidir. U WESP dasturi, Hamroh Biznes Maktabi hamda mentorlar uchun tashkil etilgan treningda tahsil olgan. Shuningdek, HAMROH kompaniyasining Uzum va Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan grant dasturlarida ishtirok etgan.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi



HAMROH uchun tadbirkor ayollarning yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi, o‘z biznesini kengaytirishi hamda yangi marralarni zabt etishini ko‘rish alohida ahamiyatga ega. Chunki har bir yangi filial — bu nafaqat biznes rivojining navbatdagi bosqichi, balki tadbirkorning o‘z salohiyatiga bo‘lgan ishonchi va kelajak sari intilishining ham ifodasidir.


Umidani ushbu quvonchli yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusi faoliyatida barqaror o‘sish, yangi imkoniyatlar va yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

1040.avif

Biz sizni eshitishga tayyormiz

Aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring biz siz bilan bog‘lanamiz va eng yaxshi yechimni taklif qilamiz!

bottom of page