top of page
August 28, 2026

HAMROH va AI ALLIANCE sun’iy intellekt bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

HAMROH va AI ALLIANCE: ayol tadbirkorlar uchun sun’iy intellekt sohasida yangi imkoniyatlar

HAMROH va AI ALLIANCE ayol tadbirkorlarning sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumini imzoladi.


Hamkorlik doirasida ta’lim dasturlari, treninglar, seminarlar, xakatonlar, shuningdek, mentorlik va akseleratsiya dasturlari tashkil etiladi.


Ishtirokchilar zamonaviy raqamli texnologiyalarni yaxshiroq o‘rganish, soha ekspertlari bilan ishlash va sun’iy intellektdan foydalangan holda o‘z loyihalarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Shuningdek, tadbirkor ayollar va ayol dasturchilar tomonidan yaratilayotgan sun’iy intellektga asoslangan startap va yechimlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.


HAMROH va AI ALLIANCE uchun sun’iy intellekt ayollar o‘z biznesi va yangi loyihalarini rivojlantirishda foydalana oladigan tushunarli va amaliy vositaga aylanishi muhim.

1040.avif

We are ready to listen to you

Please leave your contact details, and we will get in touch with you and offer the best solution!

bottom of page