top of page
July 22, 2026

HAMROH Chimboy tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazini ochdi

HAMROH yangi markazining ochilish marosimidan lavhalar

HAMROH Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazini ochdi. Mazkur markaz nafaqat Chimboy tumani, balki unga tutash to‘rtta tumandagi ayol tadbirkorlarga ham Nukusga muntazam borish zaruratisiz maslahat olish, ta’lim dasturlarida ishtirok etish hamda mentorlar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Bu orqali o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan yoki faoliyatini rivojlantirayotgan yanada ko‘proq xotin-qizlar uchun HAMROH xizmatlari yanada qulay va ommabop bo‘ladi.


Mazkur markazning ochilishi HAMROHning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy tarmog‘ini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. 2026-yil mart oyida Nukus shahrida kompaniyaning birinchi filiali ish boshlaganidan so‘ng, faoliyat olis hududlarda yashovchi xotin-qizlar uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini yanada yaqinlashtirishga qaratildi. Endilikda Chimboy tumani ayollari Nukusga muntazam borishga ehtiyoj sezmasdan, maslahatlar olish, ta’lim dasturlarida qatnashish hamda mentorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Tadbirda 50 ga yaqin tadbirkor ayol, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat organlari vakillari, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlari trenerlari va ishtirokchilari qatnashdi. Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi apparati rahbari Jumatdin Idiyatullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Maryam Axmedova hamda HAMROH bosh direktori Dilfuza Nurmatova tabrik so‘zlari bilan ochib berdilar.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri HAMROH tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi (WESP) dasturi bo‘ladi. Dastur xotin-qizlarga amaliy bilimlarni egallash, mentorlar bilan ishlash hamda o‘z biznes loyihalarini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.


Ta’lim dasturlaridan tashqari, markaz biznesni tashkil etish va rivojlantirish, moliyaviy savodxonlik, moliyalashtirish imkoniyatlari hamda HAMROH dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ham taqdim etadi.


Marosim davomida HAMROH dasturlarida ishtirok etgan xotin-qiz tadbirkorlarning muvaffaqiyat hikoyalari ham taqdim etildi. WESP trenerlari va grant dasturlari g‘oliblari o‘z bizneslarini rivojlantirish tajribasi hamda yangi faoliyat boshlayotgan tadbirkorlar uchun amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.


“Ko‘pincha katta biznes bitta qarordan — o‘z g‘oyangizga ishonishdan boshlanadi. Biz HAMROH markazi aynan ayollar nafaqat bilim va maslahat, balki o‘z kuchiga ishonch ham topadigan maskanga aylanishini istaymiz”, — dedi HAMROH bosh direktori Dilfuza Nurmatova.


Ma’lumot uchun


HAMROH — O‘zbekistonda xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini biznes rivojlanishining barcha bosqichlarida qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan birinchi davlat kompaniyasidir. Kompaniya bepul ta’lim dasturlari, mentorlik va konsultatsiya xizmatlarini taqdim etadi hamda tadbirkorlarga shaffof shartlar asosida moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanishda ko‘maklashadi. HAMROH 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq tashkil etilgan.


HAMROH filiallari va markazlari — xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy tarmoqdir. Filiallar HAMROH dasturlarini hududlarda amalga oshiruvchi asosiy markazlar hisoblanadi, markazlar esa olis tumanlarda filiallar huzurida tashkil etilib, ta’lim, maslahat, mentorlik va biznesni hamrohlik qilish xizmatlarini xotin-qizlar uchun yanada qulay va yaqin qiladi.


Women's Entrepreneurship Support Programme (WESP) — HAMROH tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamkorligida amalga oshirilayotgan xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturidir. Dastur xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, biznes loyihalarini hamrohlik qilish, mentorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ayollar tadbirkorligining barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan.

1040.avif

We are ready to listen to you

Please leave your contact details, and we will get in touch with you and offer the best solution!

bottom of page