Nukusda “Hamroh Biznes Maktabi”ning birinchi oqimi muvaffaqiyatli yakunlandi
Yangi oqimga qabul jarayoni ketmoqda

Nukus shahrida ALPHA bilan hamkorlikda va UZCARD qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirilgan “Hamroh Biznes Maktabi” dasturining 1-bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ishtirokchilarimiz o‘quv jarayonini tugatib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi — bu ular uchun ham, biz uchun ham muhim bosqich bo‘ldi.

Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Dastur davomida ishtirokchilar biznesni rivojlantirish, marketing strategiyalari, moliyaviy boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalarini chuqur o‘rgandilar. Eng muhimi — ular bu bilimlarni amaliyotda qo‘llash, o‘z loyihalarini mustahkamlash va mutaxassislar ko‘magida rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Birinchi oqim yakunlandi — va bu hali boshlanishi.
“Hamroh Biznes Maktabi” dasturining navbatdagi oqimi uchun qabul ochildi.
Agar siz:
— o‘z biznesingizni boshlamoqchi yoki rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz,
— bilim va tajribangizni tizimlashtirishni istasangiz,
— ekspertlar va mentorlar bilan ishlashni xohlasangiz,
— kuchli ayollar hamjamiyatining bir qismiga aylanishni istasangiz,
unda bu dastur aynan siz uchun.
Keyingi bosqichga o‘ting va biznesingizni yangi darajaga olib chiqing — ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.








