Nukus shahrida HAMROHning ilk filiali o‘z eshiklarini ochdi
Nukusda HAMROHning birinchi filiali ish boshladi
_JPG.jpg)
“Ayollarga o‘zini namoyon etish imkonini berishning o‘zi kifoya — ular kutilganidan o‘n barobar yuqori natijalarga erishadi. Ayollar ko‘pincha ularga ishonmaslik, yo‘llariga to‘siqlar qo‘yilishi bilan to‘qnash keladi. Ammo davlat tomonidan eng yuqori darajada qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatilsa va zarur sharoitlar yaratilsa, juda qisqa vaqt ichida ulkan o‘zgarishlar ro‘y beradi”, — Nozimaxon Davletova.

Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Nukus shahrida HAMROHning ilk filiali o‘z eshiklarini ochdi — bu ayol tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim qadamdir. Endilikda hududdagi ayollar biznesni boshlash va rivojlantirish uchun professional maslahat, zamonaviy bilim va amaliy ko‘makni bir joyda olish imkoniga ega bo‘ladi.
Tadbir doirasida HAMROH, UZCARD va ALPHA o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi hamda “HAMROH Biznes maktabi” ta’lim dasturiga start berildi. Ushbu dastur ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘z biznesini ishonch bilan yo‘lga qo‘yishiga yordam beradi.
Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
HAMROH uchun bu qadam — ayol tadbirkorlarga sifatli ko‘makni nafaqat poytaxtda, balki mamlakat hududlarida ham yanada kengaytirish va barqaror ekotizim yaratish yo‘lidagi muhim bosqichdir.
Video: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi










