top of page
20 января 2026 г.

Hamroh и UN Women подписали Меморандум о взаимопонимании по расширению экономических возможностей женщин в Узбекистане

Сотрудничество во имя устойчивого будущего: совместный шаг к гендерному равенству и экономическому росту

2026-yil 20-yanvar, Toshkent O‘zbekistonHamroh — Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va UN Women — BMTning Gender tengligi va ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tuzilmasi (UN Women) O‘zbekistonda gender tengligini rivojlantirish va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlashga qaratilgan strategik hamkorlikni rasmiylashtiruvchi Anglashuv memorandumini (MoU) imzoladi.


Mazkur Memorandum ayollarning bilim, ko‘nikma va imkoniyatlarga bo‘lgan kirishini kengaytirish orqali ularning barqaror iqtisodiy faoliyatda ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik mexanizmlarini belgilab beradi. Hamkorlik doirasida Hamroh va UN Women ayol tadbirkorlar uchun amaliy treninglar va salohiyatni oshirish dasturlarini birgalikda ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Ushbu dasturlar biznesni rivojlantirish, moliyaviy savodxonlik va raqamli tadbirkorlik yo‘nalishlarini qamrab oladi. Ayniqsa, ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


Hamkorlik, shuningdek, ayollar tomonidan boshqariladigan va ayollarga tegishli bizneslar uchun murabbiylik va maslahat xizmatlarini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilaydi. Bu jarayonda amaliy treninglar ekspert maslahatlari bilan uyg‘unlashtirilib, biznes samaradorligini oshirish, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish va uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.


Bundan tashqari, hamkorlik ayol tadbirkorlarning moliyaviy imkoniyatlarga kirishini kengaytirishga yo‘naltiriladi. Bunda ularning moliyaviy tayyorgarligini oshirish, moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda ayollar ehtiyojlariga mos, inklyuziv moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.


Ushbu hamkorlik UN Women’ning gender tengligi bo‘yicha global mandati va tajribasini Hamrohning ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan integratsiyalashgan modeli bilan birlashtiradi — treninglar, murabbiylik, maslahat xizmatlari va moliyaviy resurslarga kirishni o‘z ichiga olgan tizimli yondashuv orqali. Qo‘shma tashabbuslarimiz orqali biz yanada inklyuziv iqtisodiy muhitni shakllantirish, ayollarning xavfsiz, barqaror va mazmunli iqtisodiy ishtirok imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilganmiz. Bu O‘zbekistonning milliy ustuvor yo‘nalishlari va 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish kun tartibiga to‘liq mos keladi,” — deydi UN Women O‘zbekiston mamlakat dasturi rahbari Zeliha Unaldi.


UN Women bilan ushbu hamkorlik Hamroh uchun muhim bosqichdir. Kuchlarni birlashtirish orqali biz ayol tadbirkorlarga tizimli va kompleks ko‘mak ko‘rsatishni, ularning biznesini rivojlantirishga va iqtisodiy hamda ijtimoiy transformatsiyaga faol hissa qo‘shishiga imkon yaratishni maqsad qilganmiz,” — deydi Hamroh bosh ijrochi direktori (CEO) Dilfuza Nurmatova).


“Mazkur hamkorlik Barqaror rivojlanish bo‘yicha 2030-yil kun tartibini amalga oshirishga, xususan Barqaror rivojlanish maqsadlari — 5-maqsad (Gender tengligi) va 8-maqsad (Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish)ga erishishga xizmat qiladi hamda har ikki tashkilotning tegishli mandatlari va strategik ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


Ma'lumot uchun:

Hamroh — O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan ilk kompaniya bo‘lib, ayol tadbirkorlarga bepul murabbiylik va konsalting xizmatlarini taqdim etadi, imtiyozli moliyalashtirishga kirishni osonlashtiradi hamda o‘qish va professional rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi. Hamrohning missiyasi — inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va ayollarni barqaror mahalliy rivojlanishga hissa qo‘shishga yo‘naltirishdir.


UN Women — ayollar huquqlari, gender tengligi va barcha ayollar hamda qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida faoliyat yurituvchi yetakchi BMT tuzilmasidir. U qonunlar, institutlar, ijtimoiy xulq-atvor va xizmatlar tizimini o‘zgartirish orqali gender tafovutini qisqartiradi va barcha ayollar hamda qizlar uchun teng dunyo barpo etishga xizmat qiladi. Ayollar va qizlarning huquqlari global taraqqiyot markazida — har doim, har yerda bo‘lib keladi. Chunki gender tengligi — bu faqat biz qiladigan ish emas. Bu bizning kim ekanligimizdir.

Rectangle 607Dispatch.avif

Мы готовы выслушать вас

Оставьте свои контактные данные, и мы свяжемся с вами и предложим наилучшее решение

bottom of page