top of page
Frame 1000003008 (1).avif

Ваш надёжный
спутник в бизнесе

Hamroh — это бесплатная платформа в Узбекистане, созданная для системной поддержки и развития женского предпринимательства. Она объединяет менторство, образование и доступ к финансовым возможностям, помогая женщинам уверенно развивать собственный бизнес.

Сделайте шаг

к новым возможностям

вместе с нами!

ARL_7024-retouched.jpg

О нас

Ваш надёжный спутник в бизнесе

Hamroh — компания, основанная в 2024 году Постановлением Президента Республики Узбекистан с целью оказания системной поддержки женщинам в сфере предпринимательства.

Мы поддерживаем женщин на всех этапах развития бизнеса — от первых идей до устойчивого роста, сопровождая на каждом шагу пути к успеху.

Направления

Основные направления

деятельности компании

Основные направления

деятельности компании

Мы предлагаем тренинги, семинары и онлайн-курсы для углубления вашего понимания важнейших аспектов бизнеса и повышения профессиональных навыков. Благодаря гибким и практичным образовательным программам каждый участник достигает эффективных результатов.

1040.avif

Уверенные решения при поддержке консультаций и менторства

 С помощью опытных специалистов вы получите чёткое направление в юридических, финансовых и стратегических вопросах. Менторство и консультации станут важной опорой для эффективного развития вашего бизнеса.

935.avif

Финансовая помощь и новые возможности

Льготные кредиты, связи с инвесторами и финансовые возможности для расширения вашего бизнеса. HAMROH обеспечивает финансовое партнёрство, которое ведёт вас к устойчивому росту.

Kozimphotography-892.avif

результаты

Результаты деятельности в регионах

14

География охвата по регионам

2,080

ТрЛН 
сумов

Объём средств, выделенных на поддержку реализуемых проектов

6100+

Женщины, открывшие бизнес и получившие поддержку

16,131

Количество заявок, поступивших со всех регионов

Проекты

Проекты женщин-предпринимателей

Образование
город Ташкент
Женщины, которые вдохновляют, помогают мне двигаться вперёд
Переработка второсырья
Самаркандская область
От отходов к возможностям: путь к устойчивому бизнесу
Вышивка и ремесло
город Ташкент
История, которая началась с вышивки

WEConnect International и HAMROH объединяют усилия для поддержки женского бизнеса

WEConnect International и HAMROH запускают стратегическое партнёрство для поддержки женского предпринимательства в Узбекистане и развития регионального сотрудничества в Центральной Азии

18 мая 2026 г.
Cотрудничество
В городе Нукус открылся первый филиал компании HAMROH

В городе Нукус открылся первый филиал компании HAMROH

В Нукусе начал работу первый филиал компании HAMROH

26.03.26
Новости

Hamroh и Uzum: 1 млрд сумов грантов для женщин

Поддержка женского предпринимательства: Hamroh и Uzum предоставили гранты на 1 млрд сумов

15 апреля 2026 г.
Сотрудничество Гранты

Отзывы

Актуальные новости и объявления Hamroh

Менторы

Бизнес-менторы

Businesswoman

Ойбек Батыров

Генеральный директор консалтингового агентства Strongman Consulting LLC

Ойбек Батыров

Генеральный директор консалтингового агентства Strongman Consulting LLC

Бизнес-тренер, в рамках программ инкубации и акселерации развил навыки более чем у 700 женщин-предпринимателей через тренинги и менторство по финансам, продажам и выходу на новые рынки. В качестве бизнес-тренера и национального консультанта реализовал проекты для Программы развития ООН (UNDP) в Узбекистане и KPMG, включая «Финансовую грамотность для женщин-предпринимателей».

Businesswoman

Gulchehra Berdiyeva

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi

Gulchehra Berdiyeva

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi

20 ga yaqin xalqaro sertifikatlar sohibasi. Ko‘plab xalqaro loyihalarda koordinator va trener sifatida ishtirok etgan. “G‘oyadan biznes rejagacha”, “Farovonlik sari”, Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya kabi Germaniya hamkorligidagi loyihalarda qatnashgan.

Businesswoman

Zoir Ibragimov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”ning Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

Zoir Ibragimov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”ning Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”ni tamomlagan. 2020-yildan boshlab biznes yo‘nalishida sertifikatlangan trener sifatida davlat va xalqaro dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Businesswoman

Зульфия Мамадалиева

Бизнес-консультант, Кандидат технических наук (PhD)
Город Ташкент

Зульфия Мамадалиева

Бизнес-консультант, Кандидат технических наук (PhD)
Город Ташкент

Работала в проектах ПРООН, Всемирного банка и других международных организаций в качестве менеджера проектов, аналитика и консультанта. Реализовала множество тренингов и исследований в области энергоэффективности, биогазовых технологий и устойчивого развития.

Businesswoman

Farxad Djabbarov

Sherikkon Consulting kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori
Toshkent shahar

Farxad Djabbarov

Sherikkon Consulting kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori
Toshkent shahar

O‘zbekistonda kichik va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro loyihalarni boshqarish va konsalting xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. UNDP, USAID, KOICA, EBRD, GIZ va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan ko‘plab loyihalarda ekspert va trener sifatida ishtirok etgan.

Businesswoman

Rashida Masharipova

“Interbilim” markazi asoschisi va rahbari
Xorazm viloyati

Rashida Masharipova

“Interbilim” markazi asoschisi va rahbari
Xorazm viloyati

Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston va Angliya kabi davlatlarda ayollar tadbirkorligi, jumladan ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tajriba orttirgan.

Businesswoman

Гулсанам Рашидова

Экономист, консультант по финансовой грамотности
Город Ташкент

Гулсанам Рашидова

Экономист, консультант по финансовой грамотности
Город Ташкент

Имеет более 20 лет опыта в обучении и консультировании по вопросам личных финансов. Проводила тренинги по финансовой грамотности, кредитованию и бизнес-планированию, в том числе активно участвовала в проектах ННО «Sabr».

Businesswoman

Лола Абдулахалимов

Председатель Наманганского регионального отделения Международной ассоциации «Женщины-предприниматели»

Лола Абдулахалимов

Председатель Наманганского регионального отделения Международной ассоциации «Женщины-предприниматели»

Имеет международные сертификаты по финансовому менеджменту, бухгалтерскому учёту, фандрайзингу, агробизнесу, стратегическому планированию и другим направлениям. Является куратором движения «Оқила аёллар» в Мингбулакском районе, а также членом Национальной климатической сети Узбекистана.

Партнеры 

Надежные партнеры на пути к предпринимательству

Отзывы

Из уст

Предпринимательниц

Jurakulova Xurshida

Tadbirkor, PureFood

Ushbu dastur biz kabi tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur loyiha orqali tadbirkorlikning muhim va nozik jihatlaridan xabardor bo‘ldim, ilg‘or tadbirkor ayollardan hamda ma’ruzachilardan juda ko‘p kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!

Hamroyeva Aziza

Tadbirkor

Assalomu aleykum! Ushbu loyihani va o‘quv kursini tashkil qilgan barcha tashkilotlarga, trener-spikerlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman! Biznesimiz uchun judaham manfaatli, kerakli bilim va texnikalarni o‘rgandik! Networking ham juda zo‘r bo‘ldi! Kuchli ayollar jamoasini birlashtirib qo‘llab quvvatlaganila uchun KATTAKON RAHMAT!
Yana shunaqa o‘quv kurslari, tadbirlar tashkil qilinsa judaham xursand bo‘lar edik!
Hammasi uchun rahmat!

Umarova Sevara

Tadbirkor

Hammaga Assalomu alaykum!
Hurmatli "Hamroh" va "Alpha" jamoasi!
Sizlarga o‘z minnatdorchiligimni chuqur bildirmoqchiman. O‘tkazilgan o‘qishlar haqiqatdan ham yuqori darajada tashkil etilgan edi. Spikerlar va o‘qituvchilar o‘zlarini ayamagan holda, bor bilimlarini berib, har bir darsni qiziqarli va foydali qilib o‘tkazishdi. Bu ularning mehnati va ishga bo‘lgan fidoyiligida yaqqol sezilib turardi. Eng ajablanarlisi — band bo‘lishimizga qaramay, deyarli har bir darsga barchamiz to‘liq tarkibda kelardik. Bu o‘zi ham dastur qanchalik qiziqarli va foydali bo‘lganini ko‘rsatadi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Hamroh" tufayli biz ko‘p narsalarni o‘rgandik, dunyoqarashimiz kengaydi. Shuncha yaxshi imkoniyat yaratganingiz uchun chin dildan rahmat!

Yeremyan Ruzanna

Tadbirkor

"HAMROH" jamoasiga!

Nukus shahridagi "SMARTY-STUDIO" bolalar ta'lim markazi nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizlarga ko‘rsatgan beqiyos yordamingiz, doimiy qo‘llab-quvvatlovingiz va yuksak professionalligingiz uchun samimiy hamda chuqur minnatdorligimni bildiraman. Sizlarning faol ko‘magingiz, malakali maslahatlaringiz va amaliy yordamingiz tufayli biz barcha zarur bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlab, shahar obodonlashtirish boshqarmasi bilan yer uchastkasini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldik. Bu bizning ta'lim markazimiz rivoji yo‘lida juda muhim va katta qadam bo‘ldi. Sizlarning jamoangiz bizga nafaqat huquqiy va ma'muriy jarayonlarda yaqindan yordam berdi, balki kelajak avlodning ta'lim olishi va barkamol voyaga yetishiga ham munosib hissa qo‘shdi. Mazkur hududning rasmiylashtirilgani tufayli endilikda biz ta'lim imkoniyatlarimizni yanada kengaytirish, bolalar uchun qulay, zamonaviy va xavfsiz ta'lim muhitini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Sizlarning samimiyligingiz, tezkorligingiz va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan chin dildan intilishingiz bizda katta taassurot qoldirdi. Sizlar bilan hamkorlik qilish yuksak fuqarolik mas'uliyati va professionallikning yorqin namunasidir. "HAMROH" kompaniyasiga, hurmatli Dilfuza Nurmatovaga hamda jamoangizning har bir a'zosiga mustahkam sog‘liq, cheksiz g‘ayrat, farovonlik va ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Chuqur hurmat va samimiy minnatdorlik bilan, "SMARTY-STUDIO" ta'lim markazi direktori.

Mohira Rasulova

Mohira Sweets, Konditerskaya

Har bir o‘zbek xonadonida bayramlarda shirinliklar tayyorlanadi, men esa bu an’anani biznesga aylantirdim. “Mohira Sweets”ni yo‘lga qo‘yishda asosiy qiyinchiliklar ruxsatnomalar va xaridor topish bilan bog‘liq edi. O‘quv kurslari orqali marketingni o‘rganib, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishni boshladim. Moliya bo‘yicha maslahatlar natijasida kredit olib, yangi uskuna xarid qildim. Bugun buyurtmalar soni keskin oshgan, hatto poytaxtdan doimiy mijozlarimiz bor. Har bir ayol orzusini ro‘yobga chiqarishi mumkin — faqat yo‘l ko‘rsatadiganlar bo‘lsa bas.

Nilufar To‘xtayeva

Yorqin Teri, Mahalliy kosmetika

Tadbirkorlikni boshlash men uchun juda katta qadam edi. “Yorqin Teri” ni yaratishda ko‘rsatilgan maslahatlar, treninglar va moliyaviy yordam juda asqotdi. Endi mijozlarim soni oshib bormoqda, mahsulotlarimni nafaqat shaharda, balki onlayn ham sotilmoqda.

Dildora Eshmurodova

Dila Street Food, Kafe

Hamma narsa kichik aravachadan boshlandi. Mahalliy ko‘chada savdo qilishni boshlagan edim. Keyinchalik HAMROH orqali treninglarda qatnashdim, mentorlar bilan ishladim va qanday qilib biznesni rasmiylashtirish, moliyalashtirish olish mumkinligini o‘rgandim. Bugunga kelib, “Dila Street Food” o‘zining doimiy mijozlariga ega, men esa yangi joy ochishga tayyorman. Eng muhimi, o‘zimga ishonch hosil qildim va atrofimdagi boshqa ayollarga ham ilhom bo‘la oldim.

Elena Samoylova

Samoylova Atelier, Tikuvchilik

Tikishni yaxshi ko‘rardim, ammo biznesni qanday boshlashni bilmasdim. Ko‘rsatilgan yordam tufayli biznesimni ro‘yxatdan o‘tkazdim va uni rivojlantirishni boshladim. Endi esa o‘z atelyem, mijozlarim va o‘zimga bo‘lgan ishonchim bor.

Saodat Usmanova

Tadbirkor

Menga yoqadigan jihatlardan biri shuki, biz turli sohalarda faoliyat yuritamiz va har birimizning o‘ziga xos yo‘nalishimiz bor — bir-birimizdan yangi narsalarni o‘rganish juda qiziq. Shu bilan birga, biznes va ta’lim yo‘nalishida tajribali ekspertlarni tinglash o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Ushbu kursni tashkil qilganingiz uchun tashakkur! Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash esa yanada rivojlanishga kuchli motivatsiya va ilhom beradi.

Dilorom Muxiddinova

Tadbirkor

“HAMROH” o‘quv dasturida ishtirok etish men uchun bilimlarimni tizimlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va o‘z faoliyatimga yangicha nigoh bilan qarash uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi.

Tashkilotchilar va kuratorlarga ko‘rsatgan yordami, ilhom baxsh etganlari hamda sifatli taqdimotlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu tajriba, albatta, mening loyiham rivojida o‘z aksini topadi!

Dilbar Astanova

Tadbirkor

O‘quv jarayoni menga juda yoqqan edi — men nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘ldim, balki kelajak faoliyatimda qo‘l keladigan amaliy vositalarni ham o‘rgandim. Ayniqsa, har bir ishtirokchini tinglab, o‘z fikr va maslahatlarimizni bildirish imkoniyatiga ega bo‘lganimiz juda foydali bo‘ldi. Spikerlar ham bizga allaqachon ko‘nikib qolishgan edi, shu bois barcha uchrashuvlar samimiy va qiziqarli muhitda o‘tgan. Ushbu loyihada faol ishtirok etgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Irina Tursunbayeva

Tadbirkor

Shuncha yil davomida, xatolar va tajribalar orqali ishlashni o‘rgandik, nimanidir bilamiz. Ammo so‘nggi bir hafta ichida juda ko‘p yangi bilimlarga ega bo‘ldim — bu menga juda yoqdi! Ayniqsa, Bitrix bilan tanishuv alohida taassurot qoldirdi, albatta undan foydalanaman.

Ushbu kurslarni tashkil etgan barcha insonlarga katta rahmat — ta’lim olish hech qachon kech emas!

Dildora Sekler

Tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Go‘yo superqahramonlar jamiyatiga tushib qolgandek bo‘ldim: har bir ishtirokchining o‘ziga xos kuchi bor edi. Kimdir strateg, kimdir vizioner, yana kimdir bitta so‘z bilan ilhom berishga qodir edi.

Men uchun bu o‘quv jarayoni — bu o‘sish, harakat va ichki o‘zgarish haqida bo‘ldi. Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturiga nafaqat aqlni, balki ruhni ham rivojlantiradigan imkoniyat uchun chin dildan rahmat.

Turli, kuchli va yorqin ayollarni bir jamoadek birlashtirganingiz uchun, Umidaxon, sizga alohida minnatdorchilik bildiraman — bu allaqachon yutuqning yarmini tashkil etdi.

Yangi boshlayotgan tadbirkor sifatida men uchun ayni paytda hammasi muhim. Bu mashg‘ulotlardan ilhomlanib, biznes g‘oyalarimga yanada ravshanlik bilan qaytdim.

Sevara Alimuxamedova

Tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Ushbu loyiha doirasida ta’lim olish mening rivojlanish yo‘limda muhim bosqich bo‘ldi. Har bir dars, har bir uchrashuv menga ilhom, motivatsiya va yangi g‘oyalar baxsh etdi. Bu jarayonda ishtirok etish imkoniyati uchun chin dildan minnatdorman. Ishonchim komil, oldinda yanada ko‘proq anglashlar va yangi kashfiyotlar bor!
Hamroh jamoasiga ham samimiy tashakkurimni bildiraman!

Gulrux Urunova

Auditor, tadbirkor, WESP dasturi ishtirokchisi

Har bir mashg‘ulotda men kuchli, dono va maqsadga intiluvchi ayollar orasida bo‘lish naqadar qadrli ekanini chuqur his qildim. Dastur ishtirokchilari bilim va tajribaning chinakam xazinasi bo‘lib chiqdi. Biz shunchaki o‘qimadik — o‘zaro fikr almashdik, bir-birimizni to‘ldirdik, har bir suhbat va har bir vazifada yangi g‘oyalar hamda ilhom topdik.

Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligidagi tashabbus esa oddiy ta’lim emas. Bu — ayol tadbirkorlar uchun o‘sish, qo‘llab-quvvatlash va haqiqiy imkoniyatlar makoni bo‘ldi.

Men uchun ushbu dasturda ishtirok etish biznesda ham, shaxsiy rivojimda ham yangi bosqich sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Bunday kuchli va ilhomlantiruvchi ta’lim uchun minnatdorchilik bildiraman.

Marxamat Umarova

Dizayner, "MARU" brendi asoschisi, WESP dasturi ishtirokchisi

Har bir mashg‘ulotda ishtirokchilar bilan o‘zaro muloqot orqali ajoyib tajriba orttirdim. Har bir ayol o‘ziga xos kasb, tajriba va hayotiy yo‘lga ega bo‘lgan, juda qiziqarli shaxs. Mashg‘ulot davomida trenerlar bergan vazifalarni bajararkanmiz, bir-birimizni boyitib bordik.

Ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tashabbus va imkoniyat uchun Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturiga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Inamova Munisa

Tadbirkor

Bu dasturda men o‘z biznesimni yaxshi rivojlantirishim uchun kerakli bilimlarni oldim, bundan tashqari bu dastur ayol tadbirkorlarimizni moliyaviy tomondan ham qo‘llab-quvvatlaydi, korxonalarimizga kerakli bo‘lgan dastgohlar olishimizda yordam beradi, ayollarimizni har taraflama rivojlanishiga hissa qo‘shadi – soliq, moliya, buxgalteriya bilimlarini ham oshirib beradi, turli xildagi korxona egalari bilan netvorkinglar tashkil qilinadi. Bu dasturda o‘qiganimdan juda hursandman!

Nasridinova Irodaxon

Tadbirkor

Men Hamroh dasturida biznes-ko‘nikmalarimni rivojlantirdim va Hamroh loyihasi bo‘yicha kredit oldim va hozirda o‘z biznesimni rivojlantirmoqdaman. Bundan tashqari, dastur davomida juda ko‘p tadbirkor ayollar bilan uchrashib o‘z malakamni oshirdim – Istanbulda o‘tkazilgan ko‘rgazmada ham ishtirok etib, yangi hamkorlar bilan uchrashib shartnomalar imzolashga erishdim.

Vaxabova Salomat

Tadbirkor

Hamroh dasturi biz tadbirkor ayollarni har taraflama qo‘llab-quvvatlab ruhlantirmoqda, bilimlarimizni oshirishda va mustahkamlashda juda katta yordam bermoqda. Hamrohning nafasi bizning bir chekka hududimizga ham yetib kelgan. So‘zimni qisqartirib shuni aytmoqchimanki, Hamroh dasturi O‘zbekiston tadbirkor ayollarining chin do‘stiga aylanmoqda. Hamroh dasturiga sodiqmiz va doimo ishlariga omad tilaymiz!

Abdujabbarova Gulrux

Tadbirkor

HAMROH kompaniyasi yurtimizda ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan yetakchi kompaniyalardan biridir. Biznes bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirib, tadbirkorlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Biz tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishda ko‘maklashamiz hamda tajribali mentorlar bilan bog‘lab, ulardan amaliy yordam olish uchun mustahkam poydevor yaratamiz.

Нам важно

услышать вас

Пожалуйста, оставьте свои контактные данные. Мы свяжемся с вами и подберём оптимальное решение

bottom of page