top of page
11 сентября 2025 г.

Hamroh biznesda xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi

Toshkentda tadbirkor ayollar uchun “Biznes laboratoriya” bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan Hamroh kompaniyasi tashabbusi doirasida “Biznes laboratoriya” intensiv biznes-trening bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Toshkent shahridan 40 nafarga yaqin faol tadbirkor ayollar ishtirok etdi. Ularning aksariyati o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan yoki ayni paytda biznes g‘oyasi ustida ishlamoqda.


Laboratoriyaning asosiy maqsadi zamonaviy tadbirkorlik bo‘yicha amaliy bilimlarni berish bilan birga, ayollar va soha mutaxassislari o‘rtasida ochiq muloqot va tajriba almashish uchun samarali maydon yaratishdan iborat. Ishtirokchilar brend yaratishdan tortib, soliq rejalashtirishning o‘ziga xos jihatlari, davlat mulki bo‘yicha elektron auksionlarda ishtirok etish mexanizmlarigacha bo‘lgan ko‘plab amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, bozorda qanday ajralib turish, mijozlar bilan samarali muloqot olib borish kanallarini to‘g‘ri tanlash, davlat mulkidan foydalanish imkoniyatlari va faoliyat turiga qarab soliq yukini optimallashtirish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.


Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi

Tadbirning eng muhim qismlaridan biri interaktiv panel sessiyasi bo‘ldi.


Unda tadbirkor ayollar o‘zlarining kundalik faoliyatida duch kelayotgan aniq muammolarni ochiq bayon qilishdi. Turli sohalar:  marketing, moliya, huquq, eksport va davlat xizmatlari bo‘yicha mutaxassislar har bir masala yuzasidan o‘z yechim va takliflarini berib, amaliy tavsiyalar taqdim etishdi. Bunday ochiq muloqot formati ishtirokchilarga nafaqat ekspertlar fikrini tinglash, balki bir-biri bilan tajriba almashish, o‘zaro o‘xshash muammolarni muhokama qilish va rivojlanish nuqtalarini aniqlash imkonini yaratdi.


Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashgan spikerlar qatorida Zamira Rahmanova — Testo by Zamira restoranlar tarmog‘i asoschisi, Vera Bell — Crowe Uzbekistan rahbari va auditor, Sohibjon Murodov — “Elektron auksionlarni tashkil etish” AJ vakili, Jaksilik Igilikov — amaliyotchi yurist, hamda Dildora Atadjanova — eksport masalalari bo‘yicha mutaxassisi, shuningdek tadbirkor ayollar Marjona Sultonova va Estella Dimchenko ishtirok etishdi. Ular tomonidan so‘zga chiqqan ma’ruzalar nafaqat bilim manbai, balki nol dan boshlangan professional rivojlanish yo‘lining ilhomli namunasi bo‘ldi.


Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi

“Biznes laboratoriya” yana bir bor tasdiqladiki, agar ayollar uchun erkin fikr almashish, ochiq muhokamalar va ekspert bilimlariga yetarli kirish imkoniyati yaratilsa, nafaqat yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi, balki ularni amalga oshirishga bo‘lgan ishonch va kuch ham shakllanadi. Aynan shu kun ko‘pchilik uchun biznes yo‘lida yangi bosqichning boshlanishi bo‘ldi.

Rectangle 607Dispatch.avif

Biz sizni eshitishga tayyormiz

Aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring biz siz bilan bog‘lanamiz va eng yaxshi yechimni taklif qilamiz

bottom of page