Hamroh va Uzum O‘zbekistondagi tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun sa’y-harakatlarni birlashtirmoqda
Ayollar biznesi uchun Hamroh va Uzum hamkorligi

Bugun O‘zbekistonda tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Hamroh" kompaniyasi va "Uzum" milliy raqamli ekotizimi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent, 10-iyun – "Hamroh" ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va "Uzum" milliy raqamli ekotizimi strategik sheriklik boshlanganini e’lon qildi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini amalga oshirish va inklyuziv raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun sa’y-harakatlarini birlashtiradi.
Hamkorlik doirasida "Uzum Market" marketpleysida alohida bo‘lim tashkil etilib, unda tadbirkor ayollar, jumladan, "Hamroh" tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida hamrohlik qilayotgan ayollarning mahsulotlari namoyish etiladi. Xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotlarga e’tibor qaratish maqsadida "Uzum" kompaniyasi "Hamroh" bilan hamkorlikda reklama kampaniyasini yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab tadbirkor ayollar "Uzum" ekotizimi ekspertlari tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv sessiyalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quv mavzulari onlayn savdo, tovarlarni ilgari surish va biznesni rivojlantirish uchun raqamli vositalardan foydalanish asoslarini qamrab oladi. Bundan tashqari, o‘z biznesini boshlamoqchi yoki kengaytirmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun 1 milliard so‘m miqdorida grant jamg‘armasi tashkil etiladi.

Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
"Butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash biz uchun shunchaki missiya emas, balki kundalik ishning bir qismidir. Bugungi kunda Uzum Market'da 16 mingdan ortiq sotuvchi o‘z biznesini rivojlantirmoqda, ularning har ikkinchisi uchun marketpleysda mahsulot sotish birinchi biznesga aylandi," – deydi "Uzum" asoschisi va bosh direktori Djasur Djumayev. – Biz biznesining hajmi va geografiyasidan qat’i nazar, barcha tadbirkorlar uchun logistika va IT infratuzilmasini qurmoqdamiz. Biz Uzum'da barqaror o‘sish teng imkoniyatlardan boshlanishini aniq bilamiz va butun mamlakat bo‘ylab ayollarni o‘z bizneslarini rivojlantirishga intilishlarida qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz."
"Hamroh ayollarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam berish uchun yaratilgan. Uzum bilan hamkorlik – bu oldinga qo‘yilgan ulkan qadam: biz shunchaki vositalar va ta’lim emas, balki o‘z biznesingizni boshlash yoki kengaytirish uchun haqiqiy imkoniyat taqdim etamiz. Ishonchimiz komilki, butun mamlakat bo‘ylab ayollar uchun bu raqamli iqtisodiyotga kirish nuqtasi bo‘ladi", – deydi "Hamroh" kompaniyasi bosh direktori Dilfuza Nurmatova.
Ma’lumot uchun
"Hamroh" – O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun bepul maslahatlar beradigan birinchi kompaniyadir. Kompaniya, shuningdek, shaffof shartlarda imtiyozli kreditlar olishga ko‘maklashadi. Kompaniya to‘siqlarni yengib o‘tish va yuqori natijalarga erishish uchun zarur resurslarni taqdim etish orqali ayollarni muvaffaqiyatli biznes yuritishga ilhomlantirishga intiladi.
"Uzum" – bu jismoniy shaxslar va kichik va o‘rta biznes uchun fintech, e-commerce va bank servislarini birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi: u marketpleys, ekspress-yetkazib berish servisi, klassik va raqamli banklar, BNPL-servis, avtomobil sotib olish platformasi, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilovalarni o‘z ichiga oladi. Uzum servislaridan har oyda O‘zbekistonning 17 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.
