Hamroh va Uzum: ayollar uchun 1 mlrd so‘m grant
Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash: Hamroh va Uzum 1 milliard so‘mlik grantlarni topshirdi


Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Hamroh va Uzum birgalikda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan grantlarni topshirish marosimini o'tkazdilar.
Tadbirda davlat idoralari va biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etdi. 20 nafar ayol tadbirkorlar jami 1 milliard so‘m miqdoridagi grantlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu mablag‘lar axborot texnologiyalari, mentorlik va yashil energiya sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Tadbir nafaqat qo‘llab-quvvatlash maydoni, balki ishtirokchilarning o‘z hikoyalarini bo‘lishishi, hamfikrlar topishi va keyingi o‘sish uchun ilhom olishiga xizmat qilgan muhitga aylandi.










