top of page
26 мая 2025 г.

На пути к расширению прав и возможностей женщин-предпринимателей: комплексная программа обучения для наставников

Программа поддержки женского предпринимательства (WESP)

Toshkent, 26-may - "Hamroh" kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dasturini amalga oshirmoqda. Dastur butun mamlakat bo‘ylab ayol tadbirkorlar uchun barqaror ta’lim va murabbiylik tizimini yaratishga xizmat qiladi.


2025-yil 26-may kuni Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi (WESP) doirasidagi murabbiylar uchun o

quv-treningining (ToT) birinchi bosqichi boshlandi. Ushbu bosqich 2025-yil 2-iyungacha davom etadi va mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan 50 nafar mutaxassisni qamrab oladi. Dastur BMTTD bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.


Ayollar tadbirkorligi iqtisodiy o‘sish va gender tengligiga erishishda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun muhim omil hisoblanadi. So‘nggi yillarda inklyuziv biznes muhitini shakllantirish borasida muayyan yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, ayol tadbirkorlar hali ham moliyaviy resurslarga cheklangan kirish, yetarli bilim va tayyorgarlikning yo‘qligi kabi jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqdalar.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi - bu 8 moduldan iborat kompleks kurs bo‘lib, ayollarni biznes-rejalashtirish, marketing, raqamli savdo va moliyaviy boshqaruv bo‘yicha o‘qitish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Mazkur treningning asosiy maqsadi - murabbiylarni WESP dasturining modullarini samarali o‘qitishga tayyorlash, o‘quv jarayonlarini standartlashtirish hamda genderga sezgir yondashuvlarni tatbiq etishdan iborat. E’tibor markazida biznes yuritishning amaliy ko‘nikmalari – biznes-rejalarni ishlab chiqish, marketing strategiyalari tuzish, mijozlar bilan ishlash, moliyaviy rejalashtirish hamda kichik biznes uchun kredit resurslariga kirishni ta’minlash bo‘ladi.


Tadbir doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibining o‘rinbosari va BMT Taraqqiyot dasturining ma’muriy o‘rinbosari janob Xaolyan Shu, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova, Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, “Hamroh” kompaniyasining Kuzatuv kengashi a’zosi va Ayol tadbirkorlar kengashi raisi Nozimaxon Davletova va boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirokida yuqori darajadagi panel sessiyasi ham o‘tkazildi.



Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi


"Hamroh" kompaniyasi, BMTTD va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikdagi mazkur qo‘shma loyiha O‘zbekistonda yanada inklyuziv va barqaror iqtisodiyotni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, unda ayollar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta oladi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shadi.


Maʼlumot uchun:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) – kambagʻallik, tengsizlik va iqlim oʻzgarishi sababli paydo boʻlgan adolatsizlikka qarshi kurashda BMTning yetakchi tashkilotidir. BMTTD 170 ta mamlakatda keng ekspertlar va hamkorlar tarmogʻiga ega boʻlib, sayyoramiz aholisi uchun muammolarning muvofiqlashtirilgan, uzoq muddatli yechimlarni taqdim etishni maqsad qilgan.

Rectangle 607Dispatch.avif

Мы готовы выслушать вас

Оставьте свои контактные данные, и мы свяжемся с вами и предложим наилучшее решение

bottom of page